Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet412/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

462
 
Ayni paytda barcha xalqlar uchun munosib, chinakam insoniy turmushning 
moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarini yaratish, sayyoramizdagi hayotni 
ta’minlash, uning boyliklariga, avvalo eng katta boylik — insonning o’ziga, uning 
imkoniyatlariga avaylab munosabatda bo’lish — davrimizning dolzarb 
muammolariga aylanib qolganligi bejiz emas. 
Inson taqdirining butun insoniyat istiqboli bilan mushtarak ekanligi xalqimiz 
ongiga singib ketgan. Shuning uchun ham ular mintaqamizdagi qo’shni 
mamlakatlar bilan bir qatorda jahon xalqlari bilan ham yaxshi qo’shnichilik va 
o’zaro hurmat-izzatda bo’lishiga doimo intilib kelganlar. 
O’zbeklar azal-azaldan ko’hna Turkiston zaminida qozoqlar, tojiklar, 
turkmanlar, qirg’izlar bilan yelkama-yelka, bir tanu bir jon, aka-uka, do’st-birodar, 
qon-qarindosh bo’lib yashamoqda. O’lkamizdagi moddiy va ma’naviy madaniyatni 
yaratish va rivojlantirishga ular o’z hissalarini qo’shganlar, mustamlakachilik 
zulmi va istibdodiga qarshi hamkorlikda kurashganlar. Hamkorlikda yashash
hamkorliqda mehnat va ijod qilish, hamkorlikda kurashish, bir-birini qo’llab-
quvvatlash, yaxshi kunlarda ham, og’ir paytlarda ham birga bo’lish ularning 
hammasiga xos umumiy fazilatdir. Bu — ularga avlodlar merosi, tarixan xos 
xususiyatdir. Buni umumiy chegaralargina emas, til va urf-odatlar, an’analarning 
yaqinligi, dini va dilining birligi, madaniyati va turmush tarzining, maishiy hayoti 
va ishlab chiqarish faoliyatlarining deyarli bir xil ekanligi belgilab beradi. 
Bir necha ming yillardan beri yagona bir hududda o’zaro do’stlik va 
hamkorlikda yashab kelgan o’zbek, tojik, qozoq va qirg’izlar sobiq sho’ro tuzumi 
davrida bir-birlaridan deyarli ajratib tashlangan, iqtisodiy, madaniy, siyosiy 
aloqalari uzilib qo’yilgan edi. Shuning uchun ham ular o’zaro uzoqlashib 
qolishgandi. O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston 
singari qardosh respublikalar o’rtasidagi iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqalar 
Markaz ijozatisiz amalga oshmasdi. 
Ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini, xalqlarning xohish-irodasini nazar-pisand 
qilmaslik, turmush voqealari, xalqlarimizning talab-istaklariga ilmiy, odilona 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling