Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet403/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

453
 
kabilar esa yo’q bo’lish arafasida turibdi. 
XX asr o’rtalarigacha, hatto yaqin-yaqinlargacha ham inson tabiatga hokim, 
uni istagancha o’zgartirishi, irodasiga bo’ysundirishi mumkin, degan noto’g’ri 
fikr ustunlik qilib keldi. O’sha sharoitlarda bu fikr dunyoning ko’pchilik 
mamlakatlarida, jumladan o’zimizda ham qo’llab-quvvatlandi. Tabiatni iqtisodiyot 
talabiga moslashtirib o’zgargirish avj olib ketdi. Ko’plab loyihalar vujudga keldi. 
Daryo va ko’llardagi baliqlar, parrandalar, hayvonlar ehtiyojdan ortiqcha ovlandi, 
ularning aksariat qismi hozir yo’q bo’lib ketdi. Qachonlardir Amudaryoning 
o’zidagina 140 dan ortiq baliq turi bo’lganiga endi ishonish qiyin. O’rmonlarga 
nisbatan ham ko’r-ko’rona munosabatda bo’lish tufayli yer sharida 100 yil avvalgi 
7200 million gektar o’rmondan hozirgi kunda 4100 million gektar o’rmon qoldi. 
Shu sababli ham tabiatni muhofaza qilish bugungi kunda insoniyat oldida turgan 
dolzarb muammo bo’lib qolmokda. 
Inson tabiatdan o’ziga kerakli narsalarni olish bilan bir qatorda unga har xil 
ishlab chiqarish chiqindilarini tashlab, tabiatni zaharlantirmokda. Industrial 
jihatdan rivojlangan mamlakatlarda bir kishi hisobiga, har yili tabiatdan 30 tonna 
modda olinib, uning atigi 1-1,5 foizidan iste’mol mahsulotlari sifatida 
foydalanmoqda, qolganlari esa chiqindi sifatida tashlab yuborilmoqda. Rasmiy 
ma’lumotlarga ko’ra, har yili atmosferaga 200 million tonnadan ziyod is gazi
qariyb 150 million tonna oltingugurt oksidi, 53 million tonna azot oksidi, 50 
million tonnadan ortiqroq har xil uglevodorodlar chiqarilmokda. Jahon sanoati har 
yili tabiatga 30 milliard km
3
ifloslangan suv, 70 million tonna zaharli gazlar va 250 
million tonna changni chiqarib tashlamoqda. 
Oqibatda biosfera o’z-o’zini tozalashga ojiz bo’lib qolmoqda, hozirgi 
atmosferada zaharlangan “uglekislota” gazining miqdori qariyb 20 foizni tashkil 
etadi. Bularning hammasi inson sog’lig’iga ta’sir etib, ular o’rtasida rak va boshqa 
kasalliklar soni yildan-yilga ko’payib ketmoqda. Hozirgi paytda dunyo bo’yicha har 
yili 500 ming kishi rak bilan kasallangan bo’lsa, uning 60 foizi atrof-muhitdagi har 
xil kontserogen moddalarining ko’payishi natijasida hosil bo’lgan. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling