451
inqilobining maqsad va ijtimoiy oqibatlarini ijtimoiy tuzumning mohiyati va
xususiyati belgilaydi. Fan-texnika inqilobi samaralaridan qanday maqsadlarda
foydalanish to’g’risidagi masala hozirgi zamon ijtimoiy-siyosiy kurashida asosiy
masalalardan biri bo’lib qoldi. Zamonamiz fani va texnikasi yer yuzida
ne’matlarning mo’l-ko’lligini, jamiyatning ravnaqi uchun, shaxsning kamol topishi
uchun shart-sharoitlar yaratish imkoniyatini beradi. Ammo bu imkoniyatlar uni
amalga oshirish borasidagi kamchiliklar sababli insonning o’ziga qarshi
qaratilmokda. Insoniyat XXI asr bo’sag’asiga mana shunday dahshatli ziddiyat
bilan yetib keldi.
Aytib o’tilgan umumbashariy, umumjahon muammolar juda ko’p va xilma-
xil, keng miqyosli va o’ta murakkab ekanligi, ayni paytda ulardan har birining
insoniyatning bugungi va ertangi hayoti, jahon sivilizatsiyasining, qolaversa,
sayyoramizning ham taqdiri uchun naqadar muhim va zarurligi o’z-o’zidan
ko’rinib turibdi. Shuning uchun ham hozirgi paytda butun insoniyat uchun
umumbashariy muammolarni hal etishdan ko’ra zarur va muhimroq vazifa yo’q.
Umumbashariy muammolar yechilmasa, ekologik falokatlar oldi olinmasa, tinchlik
bo’lmasa, taraqqiyot ham, tarixning o’zi ham bo’lmaydi.
Butun sayyoramiz miqyosida davlatlar va xalqlarning birgaliqdagi amaliy,
bunyodkorona o’zaro harakatini yo’lga qo’yishni tarixning borishi, jahon ijtimoiy
taraqqiyoti jarayoni tobora qat’iy talab qilmoqda. Ijtimoiy taraqqiyot jarayoni
umumbashariy muammolarni birgaliqda amaliy tartibda yechishni talab qilibgina
qolmay, shu bilan birga buning uchun zarur siyosiy, sotsial, moddiy shart-
sharoitlarni yaratib ham bermoqda.
O’zbekiston Respublikasi O’rta Osiyodagi, shuningdek, Mustaqil Davlatlar
hamdo’stligidagi, dunyodagi boshqa davlatlar bilan birgalikda kuch-g’ayrat sarflab
butun insoniyat uchun g’oyat muhim bo’lgan umumbashariy muammolarni hal
etishda faol ishtirok etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |