7-mavzu: Ta`lim tarbiyada hadislarning mohiyati
Download 18.67 Kb.
|
7-mavzu Ta`lim tarbiyada hadislarning mohiyati-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-masala: Hadislarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati
7-mavzu: Ta`lim tarbiyada hadislarning mohiyati 7-mavzu: Ta`lim - tarbiyada hadislarning mohiyati Reja:
2.Hadis ilmining paydo bo‘lishi. 3.Hadislardan foydalanish yo‘llari. 1-masala: Hadislarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati Dunyo madaniyatining beshigi Sharqda ijtimoiy tuzumning qaysi bosqichdaligidan qat`iy nazar shaxsni har tomonlama kamol toptirish muammosi hamisha etakchi o`rinda bo`lib kelgan. Islom o`z oldiga ko`ygan maqsadlaridan biri ham, vujudga kelgan kunidan boshlab sof fikrli, komil, yaratuvchi, beozor insonni tarbiyalash edi. Hadislar xalqni tarbiyalashga, ahloq-odobga, diniy e`tiqodga chaqirish bilan bir qatorda xalqning hayotini, uning o`tmishdagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy turmush darajasini o`rganishda muhim manba hisoblanadi. U xalqning ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarini, ijtimoiy-maishiy turmush tarzini, orzu va intilishlarini o`zida ifoda etadi. Hadislarda ifodalangan xulq-atvor normalari yoki inkor etiladi, yoki keskin ma`qullanadi. Shuning uchun u o`quvchiga g`oyaviy yo`nalish beradi, ideallarning rivojlanishiga ta`sir etadi, insonparvarlik, halollik, iymon, e`tiqod, tinchlik, do`stlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik hissiyotining shakllanishiga olib keladi. Hadislar tarixiy xarakterga ega bo`lib, yaratilgan davr xarakteriga mos holda ifodalangan. Hadislar yaratilgan davr tuzumi manfaatlarini aks ettiradi, shu davr kishilarining talab va ehtiejlarini nazarda tutadi. Hadislar feodalizm davrida yaratilgan bo`lib, shu tuzum tartiblari, qonun-qoidalari, O`rta Osiyo va Eron xalqlarining boy milliy an`analarini, turmush tarzini ifodalagan. Hadislarda xalq tajribasida sinalgan ezgu ideallar kuchaytiriladi, nasihat va talab shakladi xalqqa etkaziladi, xalq idealiga zid xislatlar esa salbiy jihatdan bo`rttiriladi, emon oqibatlardan ogoh etadi. Bunday hollarda mubolag`a usuli orqali hadislarning tarbiyaviy ta`siri kuchaytiriladi. Xalq idealiga mos kelmaydigan noinsoniy hislatlar: ochko`zlik, ug`rilik, adolatsizlik, zino, tekinxo`rlik, yalqovlik, xienatkorlik, ota-onaga hurmatsizlik va boshqalar qoralanadi. Bu qoralash oddiy baendan iborat bo`lmasdan, balki xalqning izchil g`oyaviy estetik talabi va bahosi sifatida ifodalanadi. Xalqning ma`naviy fazilati sifatida qaror topmagan illatlar ijtimoiy haet taraqqieti va milliy qadriyatlarning takomiliga salbiy ta`sir etadi. Hadislardagi badiiy ifoda hamda tasviriy vositalar rang-barang bo`lib, ular har bir hadisning asl mazmunini reallashtirishga imkon beradi. Shu sababli hadislar kishilarni ezgulikka, olijanoblikka, mehr-oqibatli, iymonli, e`tiqodli bo`lishga undaydi. hadislar zaminida kishilarning e`tiqodi va tasavvurlari, odamni bila borish va idrok etish darajasi etadi. Hadislar mavzu jihatdan g`oyatda boy va rang-barangdir. Halqning ijtimoiy maishiy turmushi, jamiyatning tabiati, jug`rofiyasi, ekologiyasi, nabotot va insonning diniy, ma`naviy- ruxiy olami, faoliyati qamrab olingan. Unda tarixiy voqealar, ijtimoiy-siesiy masalalar, sinfiy munosabatlar ham o`z ifodasini topgan. Hadislar (600000 hadis aytilgan) insonning o`limidan keyingi haeti, yaqin va olis kelajak haqidagi bashoratlar, ma`naviy-ahloqiy fazilatlar, tabobat va gigiena tug`risidagi bilimlar mujassam etilgan. Hadislar tuzilishi jihatdan nasriy shaklda bo`lib, kishi xotirasida uzoq saqlanishini ta`minlaydi. Muhammad alayhissalom hadislarida musulmon halqlarining eng muhim milliy qadriyatlari hisoblangan iymonli bo`lishga da`vat asosiy o`rinda turadi. Islom dini hukmronlik qilib kelgan davrlarda barcha eshdagi kishilarni tarbiyalash quroli bo`lib kelgan hadislarning paydo bo`lishi va uni ma`naviyat xazinasiga aylanib qolishiga kimlar mas`ul bo`lganlar. Hadis islom olamida payg`ambar Muxammad alayhissalomning hislatlari, hatti harakatlari, diniy va ahloqiy ko`rsatmalari haqida ma`lumot beruvchi didaktik xarakterdagi ta`limot hisoblanadi. Download 18.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling