7-mavzu: Ta`lim tarbiyada hadislarning mohiyati
-masala:Hadis ilmining paydo bo‘lishi
Download 18.67 Kb.
|
7-mavzu Ta`lim tarbiyada hadislarning mohiyati-fayllar.org
2-masala:Hadis ilmining paydo bo‘lishi.
Hadislarni Muhammad alayhissalomning vafotlaridan bir necha o`n yillardan so`ng yig`ishga va ezishga kirishilgan, hadislarning haqqoniyligi har tomonlama tekshiruvdan o`tkazilgan bo`lib, hadislarni aytgan kishilarning xulq-atvorlari, ahloqi, shaxsi, hatto avlod ajdodlari har tomonlama o`rganilgan. Chunki, Muhammad alayhissalom aytmagan fikrlar ham yanglish ravishda xalq o`rtasida tarqalmasligi lozim, deb hisoblanadi. Olmoniyalik islomshunos idoyatulloh Xobshning fikricha Hadisning haqiqiyligini bildiradigan quyidagilar: Birinchidan, hadis Qur`on oyatlarining birontasiga zid kelishi mumkin emas. Ikkinchidan, har bir hadis payg`ambarimiz sunnatiga mos kelishi kerak. Uchinchidan, hadislarda aytilgan gaplar qayriahloqiy eki Islom dinining aniq-ravshan ta`limotiga zid bo`lmasligi kerak. Muhammad alayhissalomning fikricha, inson millati, irqi, davlatiga qaramasdan o`z tabiatiga ko`ra sahovatli bo`lishi, bir birlariga nisbatan mehribonlik ko`rsatishlari zarur. Mana shu fazilat uni boshqa mavjudotlardan ajratib turadi. Bunday sahovatli dune to`rt toifadagi insonlar guruhidan iboratdir: 1. Tangri tomonidan ham boylik, ham ilm ato etilgan bo`lib, bulardan faqat o`zi bahramand bo`lmasdan, balki qarindosh-urug`lar, do`stlar, qo`shnilar va boshqalarni ham bahramand etadilar. Bu toifadagi odamlar har tomonlama ulug` kishilardir. 2. Ikkinchi toifadagi odamlar borki, ilmli, aql-zakovat egalari, lekin boylik ato etilmagan. Bu toifadagilar boy kishilarga g`araz nazari bilan qaramaydilar, o`zlarida ham shunday boylik bo`lsa, ezgu natijalarga sarflashni orzu qiladilar. 3. Uchinchi toifadagi kishilar esa mol-dune ega bo`lib, ilmsizdir. Hech kimga muruvvat qilmaydi. Bu toifadagi kishilar eng emon kishilar hisoblanadilar. 4. To`rtinchi toifadagi kishilarda na mol-dune, na ilm bor. Ular ilmli, mol duneli bo`lish, ularni ezgu ishlarga sarflash orzusi bilan yashaydilar (247 hadis). Jamiyatning taraqqieti birinchi va ikkinchi toifadagi kishilarga ko`p jihatdan bog`liqdir. Hadislar orqali ijtimoiy masalalar ham o`z ifodasini topadi. Quldorlik, feodalizm jamiyatida qullarning, g`ulomlarning haq-huquqlari nihoyatda chegaralangan bo`lib, ularning moddiy va maishiy ahvollari hech qanday qonun va qoidalar bilan himoya etilmagan. Ularni inson sifatida hurmat qilish, jabr-zulm ko`rsatmaslik, moddiy va maishiy turmush darajasini yaxshilashga e`tibor diniy va badiiy manbalar orqaligina quldorlarga, feodallarga etkazilgan. Ijtimoiy turmush tartib qoidalarga rioya qilmaslik, jamiyatning ba`zi bir a`zolari tomonidan bunday qonun qoidalarni o`zgartirishga urinish emon natijaga olib kelishi tabiiy. Qur`oni Karim, Hadisi sharif, xalq og`zaki ijodi, boy mumtoz adabietimiz manbalarida oddiy, eziluvchi xalq ommasini boy, hukmdor doira vakillari bilan o`zaro adolatli kelishtirish asosida jamiyatni o`zgartirish, kishilarni bir-birlariga nisbatan mehr oqibatli, insonparvar bo`lib yashashlariga erishish mumkin, degan g`oya olg`a suriladi. Jamiyat a`zolarining turmush tarzlari turlicha bo`lishi Olloh taoloning hukmiga bog`liq. Shuning uchun uning hukmini o`zgartirishga hech kimning kuchi etmaydi. Faqat sabr, qanoatgina emon kun ketidan yaxshi kunlarni, azob-uqubat ketidan farovonlikni ishonmaydigan, sabrsizlik qilgan, qo`l ostidagilarga, ko`ni-qo`shnilarga, oila a`zolariga emonlik qilgan kishi do`zaxiy hisoblanadi. Hadislar mazmuniga singdirilgan bu g`oya kishilarni ijtimoyi turmushga ko`nikishga, ishonch bilan yashashga undab keldi. Hadislarda kishilarning barchasini teng, tinch-totuvlik bilan yashashlarini ta`minlash uchun bu toifadagi birovga qaram, faqir kishilarni qaramlikdan ozod etish, jamiyatni adolat asosida boshqarish lozim degan g`oya olg`a suriladi. Gunoh sifatida taqiqlangan ahloqiy kategoriyalar hadislar mazmunida ifodalangan bo`lib, ularning ko`pchiligi diniy g`oyalar va urf-odatlar bilan bog`liq, lekin ularning bir qismi inson ahloqiy haetiga aloqador. Insonning hayotdagi o`rni uning jamiyat taraqqietiga ko`shgan hissasi hamda kelajak avlodga qoldirgan moddiy va ma`naviy merosi bilan belgilanadi. Islom dini manbalarida oxirat yaqinlashib, qiemat bo`lishi ma`lum bo`lgan taqdirda ham oliji boricha bo`lajaq jamiyatning taqdiri, turmush tarzini o`ylash, qo`ldan keladigan ishni bajarib qolish targ`ib etiladi. «Birortangiz ekish uchun qo`lingizda bir ko`chatni ushlab turgan vaqtingizda qiemat qoyim bo`lib qolsa-yu, qoyim bo`lishidan ilgariroq uni ekib olishga ko`zingiz etsa, albatta ekib quying» (479-hadis), «Sen bir ko`chatni ekaetganingda dajjol chiqib qolibdi, deb eshitsang ham, uni tazatib ekishga harakat qil, chunki undan keyin ham odamlar yashaydi».( 480 hadis) Bu hadislarning mazmunidan shunday xulosa kelib chiqadi: «Haetda qonli urushlar bo`lib o`taveradi, tarix ham soyqalaveradi, odamlar ham aynaydi, bo`ziladi va oqibatda kishi o`z qo`shnisini, aka ukasini, opa singilisini o`g`il otasini, hatto farzandini ham qatl etadi, ammo toki duneda e`tiqodlar, insoflilar, olijanoblar, vijdonlilar, andishalilar bor ekan, haet barqarordir, shuning uchun ham sen umidsizlikka tushma, agar imon va e`tiqodning salomat bo`lsa, albatta, yaxshilik va ezgulik otiga xizmat qilaver». Musulmon olamida iymon va e`tiqod musulmonning haqiqiy musulmonligini bildiruvchi yuksak ruhiy holatdir. Murod-iymon demakdir. Iymon so`zda ham, ishda ham bir hilda bo`lishi talab etiladi. Diniy nuqtai nazardan «iymonning ham o`z farz ham amallari, muayyan chegaralari, bajarilishi lozim bo`lgan sunnatlari mavjud bo`lib», ularga qat`iy rioya etgan insonning iymoni but, rioya qilmaganlarning esa iymoni yo`q hisoblanadi. Islom dinida ruhiy poklik bilan bir qatorda jisomniy poklik ham targ`ib qilinadi. Jismoniy poklikka erishishi besh vaqt namoz o`qishdan oldin tahorat qilish orqali amalga oshiriladi. Uning o`ziga xos qonun-qoidalariga rioya etish islom ta`limoti orqali targ`ib etiladi. Tahorat-islomga e`tiqodning natijasi, uning oqibati esa jismoniy sog`limlik, ruhiy tetiklik, haetga, yashashga mehr muhabbat, kuvonch va sog`lom turmush tarzidir. Tozalik, ozodalik tibbiy nuqtai nazardan ham, diniy nuqtai nazardan ham shaxsning yaxlit shakllanishini ta`minlovchi xususiyat hisoblanadi. Namoz o`qish oldidan tahorat olish, ko`chaga chiqish, mehmonga borish, uxlash oldidan, ertalab uyqudan turgach yuvinish Sharq xalqlarinineg qadimiy qadriyatlaridan hisoblanadi. Bunday qadriyatlar asrlar davomida ahloq-odob qoidalari doirasida jamiyat a`zolarining hulq-atvoriga singdirib kelinadi. Tana a`zolarini pokiza saqlash, mash tortish, g`usl qilish, erkaklar uchun, aellar uchun lozim bo`lgan pokizalik xususiyatlari odob, milliy ma`naviy xususiyatlar doirasida beriladi. Hadislardagi gigienik qoidalar Muhammad alayhissalomning «Subhonolloh, mo``min kishi hech vaqt nopok bo`lmag`aydir» degan g`oyasiga asoslangan holda talqin etiladi. Ma`naviy madaniyatlilikning oliy mezoni shaxsning ilmli, duneqarashi shakllangan, fikr doirasi keng, ob`ektiv borliq, uning taraqqiet qonunlari haqida chuqur bilimga ega bo`lishidan iboratdir. Download 18.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling