442
kontseptsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati kontseptsiyasini ishlab
chiqish nazarda tutilmoqda.
Shu bilan birga, xorijiy hamkorlar bilan siyosiy-diplomatik sohadagi
hamkorlikni
rivojlantirishga
doir
«Yo’l
xaritalari»ni
ishlab
chiqish,
O’zbekistonning xorijiy hamkorlar bilan 2017 yilga mo’ljallangan savdo-iqtisodiy,
investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini tubdan rivojlantirish
va kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Davlat dasturining yuqorida qayd etilgan barcha chora-tadbirlarini amalga
oshirishga 37,7 trillion so’m va 8,3 milliard AQSh dollari yo’naltiriladi.
Kelgusi besh yilda mamlakatni rivojlantirishning strategik va ustuvor
yo’nalishlarini belgilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
boshchiligida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo’yicha Milliy komissiya
tuzildi.
Umuman Harakatlar strategiyasining har bir yo’nalishi doirasida bajarilishi
ko’zlangan hamda amalga oshirilayotgan islohotlar demokratik rivojlanish yo’lini
tanlagan nafaqat O’zbekiston, balki Markaziy Osiyo davlatlari barchasining
muayyan mintaqaviy yoki global miqyosdagi muammolari yechimini qamrab
olganligi bilan xarakterlanadi. Jamiyatda qonun ustuvorligi, adolat tantanasi
ta’minlanmas ekan, o’z o’zidan korruptsiyaning rivojiga yo’l ochiladi. Korruptsiya
iqtisodiy jinoyatchilik bilan cheklanmay, narkobiznes, giyohvandlik, odam
savdosi, fohishabozlik va boshqa shu kabi global muammolar avj olishini keltirib
chiqaradi. Bularning barchasi sabab va oqibat dialektikasida kelib chiqishini
yoddan chiqarmaslik zarur.
Bugungi kunda dunyo miqyosida xavfsizlik masalalari eng dolzarb ahamiyat
kasb etmoqda. Yil sayin davlatlar tomonidan mudofaa tizimi va harbiy sohaga
ajratilayotgan xarajatlar oshirib borilmoqda. Biroq faqatgina zamonaviy qurol-
yarog’ga ega bo’lishning o’zigina xavfsizlikni ta’minlamaydi.Chunki zamonaviy
buzg’unchi kuchlar ochiqcha jang qilmay, balki to’satdan qo’poruvchilik
amaliyotlarini qo’llash, harbiylar emas, balki tinch aholini nishonga olish kabi
Do'stlaringiz bilan baham: |