Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
437
sohada belgilangan eng muhim ustuvor vazifalarning ijrosi yuzasidan tadrijiy, bosqichma-bosqich rivojlanish yo’lidagi dasturlardan biri vazifasini bajarib, mamlakat barqarorligini ta’minlashga, demokratlashtirish jarayonlarining chuqurlashuviga xizmat qildi. Biroq, ijtimoiy makonda jarayonlarning shiddat bilan o’zgarib borishi taraqqiyotimiz har bir bosqichiga xos vazifalarni aniq belgilab, amalga oshirish zaruriyatini nazarda tutmoqda. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili bugungi kunda jahon bozorida kon’yunktura o’zgarib, raqobat tobora kuchayib borayotganini har tomonlama hisobga olishni, shu asosda davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha strategik yondashuv va tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etdi. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko’tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, jamiyatimizni modernizatsiyalash bo’yicha eng muhim ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish, mamlakat taraqqiyotini jadallashtirish maqsadida 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi 1 (2017 yil 7 fevral, PF-4947-son) quyidagi besh soha doirasida islohotlarni kengaytirishni nazarda tutadi: 1.Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatimizni modernizatsiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi va davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish borasidagi funktsiyalarini qisqartirish, “yagona oyna” tamoyili bo’yicha davlat xizmatlarini ko’rsatish tizimini keng joriy etish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish va fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish yo’lida 1
bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni // «Xalq so’zi» 2017 yil 9 fevral 29 (6723)-soni. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling