Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet381/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

430
 
v) ijtimoiy hayotni tubdan qayta qurishga qodir bo’lgan yagona kuchdir.
g) mehnat qurollarining avloddan — avlodga o’tib kelishi, o’z navbatida 
oldingi avlodning ishlab chiqarish tajribasini, bilimi va ongini keyingi avlodlarga 
yetkazish vositasidir.
10.Tropizm hodisasi nima? 
a) O’simliklar ta’sirchanligining eng tarqalgan shakli
b) Hayvonot olamidagi sezuvchanlik
v) Yorug’lik yashil o’simliklar uchun energiya manbaidir
g) Hayvonot olamidagi instinktiv jarayonlar 
11.Voqelikni aks ettirish darajasiga ko’ra, ongning qanday ko’rinishlari 
mavjud? 
a) Induvidual ong 
b) Kundalik ong
v) Ilmiy-nazariy ong 
g) b va v javoblar to’g’ri 
12.Ijtimoiy ong qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan? 
a) Ijtimoiy ruhiyat va ijtimoiy mafkura 
b) Qarash, nazariya va mafkuradan 
v) G’oya, bilim, ilmdan 
g) Vayronkor va bunyodkor qarashlardan 
13.«Shaxs» deganda kimlarni nazarda tutmoq kerak : 
a) Fuqarolik faolligi, atrof muhitga moslasha olish qobiliyati, o’z huquqlaridan 
foydalanib, xatti-harakatlari uchun javob bera olishini ta’minlovchi sotsial sifatlar 
yig’indisiga ega bo’lgan individdir. 
b) Bir-biri bilan bog’liq bo’lgan biologik, sotsial va psixologik sifatlar majmui 
sifatida tushuniluvchi inson individi. 
v) Ongli tarixiy sub’ekt. 
g) Mehnat, bilim sub’ekti bo’lgan ijtimoiy taraqqiyot mahsuli sifatidagi inson. 
 




431
 
 
 
 
 
IX-BOB: GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING 
FALSAFIY JIHATLARI 
 
9.1. Globallashuv va globalistika. 
 
XX asrning oxiri XXI asrning boshida jahon taraqqiyotida shakllangan yangi 
umumsayyoraviy tartib, davlatlar va kishilar o’rtasidagi o’zaro aloqalarning 
kengayishi va murakkablashishi, dunyo miqyosida axborot makoni, kapital, tovar 
hamda ishchi kuchi bozorida tamoman yangicha vaziyatning vujudga kelishi, atrof-
muhitga texnogen ta’sirning kuchayishi, ommaviy madaniyat namunalarining keng 
tarqalishi, informatsion-mafkuraviy va diniy-ekstremistik hurujlar xavfining ortib 
borishi, xullas jamiyat hayotining barcha sohalari – iqtisodiyot, siyosat, mafkura, 
madaniyat, hatto shaxsiy turmush tarzini qamrab olgan globallashuv jarayoni bilan 
bog’lanmoqda. Mazkur jarayon gobal kommunikatsiya tarmog’ining vujudga 
kelishiga imkon yaratgan informatsion inqilob, kapitalning internatsionallashuvi, 
jahon bozorida raqobatning kuchayishi, tabiiy zahiralar taqchilligi va ularga egalik 
qilish uchun kurashning keskinlashuvi, ommaviy qirg’in qurollarining tarqalishi, 
umumsayyoraviy falokat xavfi kabilarda globallashuv jarayonining ziddiyatli 
hamda murakkab mohiyati namoyon bo’ladi. 
Globallashuv (globalizatsiya) – lotincha «glob» so’zidan olingan bo’lib, 
aynan uni «dumaloqlashuv», «kurralashuv» deb tarjima qilish mumkin. yer 
sharining, yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi huddi 
bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. Globallashuv 
atamasi dastlab amerikalik olim T.Levittning 1983 yilda “Garvard biznes revyu” 
jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olingan. Muallif yirik transmilliy 
korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv 

Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling