Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.Tropizm hodisasi nima
- 12.Ijtimoiy ong qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan
430
v) ijtimoiy hayotni tubdan qayta qurishga qodir bo’lgan yagona kuchdir. g) mehnat qurollarining avloddan — avlodga o’tib kelishi, o’z navbatida oldingi avlodning ishlab chiqarish tajribasini, bilimi va ongini keyingi avlodlarga yetkazish vositasidir. 10.Tropizm hodisasi nima? a) O’simliklar ta’sirchanligining eng tarqalgan shakli b) Hayvonot olamidagi sezuvchanlik v) Yorug’lik yashil o’simliklar uchun energiya manbaidir g) Hayvonot olamidagi instinktiv jarayonlar 11.Voqelikni aks ettirish darajasiga ko’ra, ongning qanday ko’rinishlari mavjud? a) Induvidual ong b) Kundalik ong v) Ilmiy-nazariy ong g) b va v javoblar to’g’ri 12.Ijtimoiy ong qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan? a) Ijtimoiy ruhiyat va ijtimoiy mafkura b) Qarash, nazariya va mafkuradan v) G’oya, bilim, ilmdan g) Vayronkor va bunyodkor qarashlardan 13.«Shaxs» deganda kimlarni nazarda tutmoq kerak : a) Fuqarolik faolligi, atrof muhitga moslasha olish qobiliyati, o’z huquqlaridan foydalanib, xatti-harakatlari uchun javob bera olishini ta’minlovchi sotsial sifatlar yig’indisiga ega bo’lgan individdir. b) Bir-biri bilan bog’liq bo’lgan biologik, sotsial va psixologik sifatlar majmui sifatida tushuniluvchi inson individi. v) Ongli tarixiy sub’ekt. g) Mehnat, bilim sub’ekti bo’lgan ijtimoiy taraqqiyot mahsuli sifatidagi inson. 431 IX-BOB: GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI 9.1. Globallashuv va globalistika. XX asrning oxiri XXI asrning boshida jahon taraqqiyotida shakllangan yangi umumsayyoraviy tartib, davlatlar va kishilar o’rtasidagi o’zaro aloqalarning kengayishi va murakkablashishi, dunyo miqyosida axborot makoni, kapital, tovar hamda ishchi kuchi bozorida tamoman yangicha vaziyatning vujudga kelishi, atrof- muhitga texnogen ta’sirning kuchayishi, ommaviy madaniyat namunalarining keng tarqalishi, informatsion-mafkuraviy va diniy-ekstremistik hurujlar xavfining ortib borishi, xullas jamiyat hayotining barcha sohalari – iqtisodiyot, siyosat, mafkura, madaniyat, hatto shaxsiy turmush tarzini qamrab olgan globallashuv jarayoni bilan bog’lanmoqda. Mazkur jarayon gobal kommunikatsiya tarmog’ining vujudga kelishiga imkon yaratgan informatsion inqilob, kapitalning internatsionallashuvi, jahon bozorida raqobatning kuchayishi, tabiiy zahiralar taqchilligi va ularga egalik qilish uchun kurashning keskinlashuvi, ommaviy qirg’in qurollarining tarqalishi, umumsayyoraviy falokat xavfi kabilarda globallashuv jarayonining ziddiyatli hamda murakkab mohiyati namoyon bo’ladi. Globallashuv (globalizatsiya) – lotincha «glob» so’zidan olingan bo’lib, aynan uni «dumaloqlashuv», «kurralashuv» deb tarjima qilish mumkin. yer sharining, yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi huddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. Globallashuv atamasi dastlab amerikalik olim T.Levittning 1983 yilda “Garvard biznes revyu” jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olingan. Muallif yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv Download 4.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling