Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
433
asrning boshida ushbu muammo jahonning qator yetakchi olimlari R.Robertson, J.Nesbit, E.Toffler, J.Gelbrayt, L.Turou, M.Kastels, E.Giddens va boshqalar 1 diqqat markazida bo’lib keldi. Globallashuv jarayonining eng umumiy jihatlari sifatida quyidagilarni kiritish mumkin: 1. XX asr ikkinchi yarmiga xos asosiy texnologiya - yadro qurolini ishlab chiqarish bo’lgan bo’lsa, global davr texnologiyalari sifatida kosmik yo’ldosh, komyuter, uyali telefon, internet kabi aloqa vositalari maydonga keldi. 2.Insoniyatning globallashuv davriga qadam qo’ygani liberal-demokratik qadriyatlar g’alabasini anglatadi. Ammo ushbu qadriyatlar jahonning ko’pgina mamlakatlarida haqiqiy demokratik g’oya hamda tamoyillardan farqli shakl- shamoyil va mohiyat kasb etib bormoqda. 3.Globallashuv jarayonining oldingi saflarida borayotgan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida o’rtasidagi tafovutning kuchayib ketayotgani ko’zga tashlanmoqda. T.Fabrning ma’lumotlariga ko’ra, XX asrning oxirida 20% eng boy davlatlarning ulushiga jahon miqyosida ishlab chiqilayotgan yalpi ichki mahsulotning 86, eksportning 82, investitsiyalarning 68 foizi to’g’ri kelgan bo’lsa, 20% eng qashshoq mamlakatlarda har uch ko’rsatkich bir foizdan oshmagan. Olimlarning fikricha, bu hol birinch navbatda mazkur mamlakatlar o’rtasida turmush darajasi va mehnatga haq to’lashda juda katta tafovut mavjudligi bilan izohlanadi. Globallashuvning ijobiy tomoni shundan iboratki, u xalqlarning, davlatlarning, milliy madaniyat va iqtisodiyotlarning yaqinlashishini tezlashtiradi, ularning rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Globallashuvning salbiy tomoni shundan iboratki, ko’p ming-ming mayda, qoloq etnik guruhlar va millatlarning madaniyati, tili, rasm-rusmlari jahon bo’ylab kuchayib borayotgan globallashuv jarayonlarida kata millatlar, yirik milliy 1
New Civilization.-Antanta, 1995; J.Galbraith. Good Society. Human Agenda. Boston.- N.Y.,1995; E. Giddens, W.Hulton.On the Edge.-L.,2000, ets. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling