Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet386/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

436
 
huquq tizimini yanada liberallashtirish; uchinchidan, ommaviy axborot vositalarini 
rivojlantirish uchun demokratik andozalarni joriy etish bo’yicha aniq va izchil 
choralarni amalga oshirish; to’rtinchidan, davlatimiz tashqi siyosati ma’no-
mazmuni va maqsadi O’zbekiston manfaati bilangina belgilanishi; beshinchidan
bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish. 
Mazkur vazifalarni o’z vaqtida mustaqil taraqqiyotimizning har bir 
bosqichida amalga oshirib borilishi natijasida bugun huquqiy demokratik davlat, 
kuchli fuqarolik jamiyati asoslari, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk 
ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyot poydevori mustahkamlandi, xalq osoyishta va 
farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratildi, xalqaro maydonda 
O’zbekistonning nufuzi ortib bormoqda. 
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan keng ko’lamli islohotlar 
natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustahkamlanib, davlatimiz 
suvereniteti, chegaralarimiz daxlsizligi ta’minlandi, jamiyatimizda tinchlik va 
osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini kuchaytirish, 
qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini ro’yobga 
chiqarish bo’yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. 
Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan, eski boshqaruv 
tizimidan mutlaqo voz kechib, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich 
o’tilgani, pul-kredit siyosati puxta o’ylab olib borilgani, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik, fermerlik harakati uchun yo’l ochib berilgani makroiqtisodiy 
barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlash, 
inflyatsiyani prognoz ko’rsatkichlari darajasida saqlab qolish, eng muhimi, 
xalqimizning hayot sifati darajasini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega 
bo’lmoqda. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan 
ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi”

olti 

1
Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 


jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi -T.:“O’zbekiston”, 2010. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling