432
jarayonini shunday deb atagan edi.
Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlari
o’rtasidagi o’zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishidir.
Globallashuvga berilgan
ta’riflar juda ko’p. Frantsuz tadqiqotchisi B.Bandi ta’rifida globallashuv
jarayonining 3 o’lchovli ekaniga urg’u beriladi:
1. Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon.
2. Globallashuv - jahonning gomogenlashuvi (bir jinsli)
va universallashuvi
jarayoni.
3. Globallashuv - milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni.
Rossiyalik A.Parshev globallashuvga quyidagicha ta’rif beradi: «Aslida,
globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan
mahsulotning qo’shimcha qiymatini, dunyodagi asosiy zaxiralarini o’zlashtirishdan
iborat».
Gumanitar ilmning turli sohalarida globallashuv
jarayoniga nisbatan
muayyan kontseptsiya va yondoshuvlar mavjud. Jumladan,
iqtisodiyot fanida
diqqat-e’tibor
asosan
moliyaviy
globallashuv,
global
transmilliy
korporatsiyalarning
shakllanishi,
iqtisodiyotning
mintaqaviylashuvi,
jahon
miqyosida savdoning jadallashuvi kabi masalalarga qaratilgan.Tarixiy asarlarda
esa globallashuv jarayoni kapitalizmning ko’p asrlik taraqqiyot bosqichlaridan biri
sifatida
talqin
etiladi.
Siyosatshunoslikda
transmilliylashuv
jarayonining
tezlashuvi, dunyo mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikning kuchayishi, BMT
va boshqa xalqaro tashkilotlar ishtirokida yangi
umumsayyoraviy tartibning
shakllanishi har tomonlama chuqur tadqiq etilmoqda. Sotsiologiya madaniyatning
universallashuvi ta’sirida turli mamlakat va mintaqa
xalqlari turmush tarzining
yaqinlashuvi
va
bir
xillashuvini
tasdiqlaydigan
dalillarni
izlamoqda.
Axloqshunoslikda XXI asrda dunyoda yagona axloq va uning normalari qaror
topishini bashorat qilinmoqda. Faylasuflar esa Kantning
yaxlit abadiy dunyo
hamda umumdunyoviy hukumat haqidagi g’oyasiga tayanib, turli millat va xalqlar
qadriyatlarining uyg’unlashuvini asoslashga intilmoqda. XX asrning oxiri va XXI