Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Bipolyar tranzistordagi generator


Download 1.75 Mb.
bet14/81
Sana20.10.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1712072
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81
Bog'liq
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)

3.4. Bipolyar tranzistordagi generator

Bipolyar tranzistordagi generatorning sxemasi 3.4- rasmda keltirilgan.



3.4- rasm. Bipolyar tranzistordagi generator: tebranish tizimi – LC, kuchaytiruvchi element –VT, teskari aloqa elementlari - W1 va Sajr

Teskari aloqa signali rezonans konturining ikkilamchi cho‘lg‘amidan olinadi va ajratuvchi kondensator orqali tranzistorning bazasiga beriladi, bu bilan yig‘indi fazaviy surilishni tengligini (fazalar balansini) ta’minlaydi. Amplitudalar balansini ta’minlash uchun quyidagi shart bajarilishi kerak:


(3.1)

Generatsiyalanadigan tebranishlarning chastotasi tebranish konturining rezonans chastotasiga yaqin bo‘ladi:




(3.2)


3.5. Klistronli generator

Klistron faqat O‘YuCh diapazonda ishlatiladi. Unda ikki rezonator bo‘lib, kirish rezonatoriga qo‘zg‘atish signali beriladi, chiqish rezonatoridan esa quvvat bo‘yicha kuchaytirilgan signal olinadi (3.5- rasm).



3.5- rasm. Klistrondagi generator


3.6. O-turdagi yugurma to‘lqin lampasidagi generator


O‘YuCh elektromagnit tebranishlarni generatsiyalash va kuchaytirish uchun yugurma elektromagnit to‘lqin va bir yo‘nalishda haraktlanadigan elektron oqimning o‘zaro ta’sirlashishi ishlatiladigan elektrovakuum asbob hisoblanadi. Yugurma to‘lqin lampasining (YuTL) ishlash prinsipi elektron oqimning yugurma elektromagnit to‘lqin bilan o‘zoq vaqt o‘zaro ta’sirlashishi mexanizmiga asoslangan. 3.6- rasmda YuTLning tuzilishi sxematexnik tasvirlangan. Elektron to‘p ma’lum kesimli va intensivlikli elektron oqimni shakllantiradi. Elektronlar tezligi tezlashtiruvchi kuchlanish orqali aniqlanadi. Bo‘ylama magnit maydonni hosil qiladigan fokuslovchi tizim yordamida sekinlashtiruvchi tizim bo‘ylab butun yo‘lda oqimning zarur ko‘ndalang kesimi ta’minlanadi. YuTLda elektron to‘p, spiralli sekinlashtiruvchi tizim va kollektor metall-shisha yoki metall ballonda, fokuslovchi solenoid esa tashqarida joylashadi.

3.6- rasm. O-turdagi yugurma to‘lqin lampasi

Spiral O‘YuChda kichik yo‘qotishlarga va yaxshi issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lishi kerak bo‘ladigan dielektrik sterjenlar orasiga mahkamlanadi. So‘nggi talab o‘rta va katta chiqish quvvatili lampalar uchun muhim, bunda spiral elektronlarning o‘tirishi tufayli qiziydi va spiralning kuyib qolmasligi uchun bu issiqlikni chiqarib yuborish kerak bo‘ladi.


Sekinlashtiruvchi tizimning kirishi va chiqishida uni uzatish liniyalari bilan moslashtirish uchun maxsus qurilmalar mavjud. Kirishga O‘YuCh signal beriladi, u asbobda kuchaytiriladi va chiqishdan yuklamaga uzatiladi. Lampaning butun kuchaytirish polosasida yaxshi moslashtirishni olish qiyin. Shuning uchun sekinlashtiruvchi tizimning uchlarida elektromagnit to‘lqinning qaytishi tufayli ichki teskari aloqani vujudga kelishi xavfi mavjud bo‘ladi, bunda YuTL o‘zining kuchaytirish funksiyalarini bajarmasligi mumkin. O‘z-o‘zidan qo‘zg‘alishning oldini olish uchun yutgich kiritiladi, u yutuvchi keramikadan sterjen ko‘rinishida yoki yutuvchi yupqa qatlamlar ko‘rinishida bajarilishi mumkin.
Spiral ichkarisida katoddan kollektorga ve tezlikli zaryad tashuvchilar elektronlar harakatlanadi. Vektori spiral bo‘ylab yo‘nalgan elektromagnit to‘lqinning vf fazaviy tezligi yorug‘lik tezligidan o‘n barobar kam bo‘ladi. Bunda quyidagi ve = vf tenglikka erishiladi, shunga ko‘ra elektronlar oqimini tarqalishi bo‘yicha o‘z energiyasini orttiradigan va to‘g‘ri yo‘nalishida harakatlanadigan elektromagnit to‘lqin bilan o‘zaro ta’siri amalga oshadi. Quvvat bo‘yicha kuchaytirilgan O‘YuCH signal spiral oxirining qarama – qarshi kirishidan olinadi.


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling