Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Download 1.75 Mb.
bet17/81
Sana20.10.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1712072
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81
Bog'liq
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)

4.2. ChAQS sxemotexnikasi

Odatda ChAQS tizimlariga kuchlanish bilan boshqariladigan generator (KBG), chastotaviy diskriminator kiradi. Chastotaviy diskriminator sifatida odatda fazaviy detektor va qo‘shimcha generatordan, masalan, chastota bo‘yicha yuqori stabil generatordan olinadigan tayanch signali manbai ishlatiladi. Radioqabul qilishda tayanch signali manbai sifatida maxsus sxema ajratadigan qabul qilinadigan signalning tashuvchi chastotasi ishlatiladi.


Deyarli har doim fazaviy detektorga generatorlar signallarining o‘zini emas, balki generatorlar chastotalarini chastotalar bo‘lgichlari yoki ko‘paytirgichlari orqali bo‘lish yoki ko‘paytirish natijasida olinadigan chastotali signallar beriladi. Bu usul kerakli koeffitsientlarga ko‘paytirilgan chastotalarni qo‘shish va ayirishga imkon beradi va masalan, chastotalar sintezatorlarida qo‘llanadi.
Fazaviy detektor kirishiga KBG signallari va tayanch chastotasi signali beriladi. Fazaviy detektor kirishida signallar chastotalari og‘ganida fazaviy detektor past chastotalar filtri orqali KBGga beriladigan signallar fazalari farqiga proporsional bo‘lgan kuchlanishni ishlab chiqaradi. Bu bilan teskari aloqa zanjiri tutashadi va KBG chastotasi tayanch chastotasi bo‘yicha sozlanadi.
ChAQS zamonaviy elektronikada keng qo‘llanadi, jumladan:

  • AM va ChM signallarni demodulyatsiyalash;

  • tonal signallarni dekodlash;

  • turli elektr dvigatellarning, masalan, diskli to‘plagichlar yuritmalaridagi dvigatellarning aylanish chastotasini stabillash va boshqarish;

  • o‘lchash asboblarida, masalan, chastota o‘lchagichlarda;

  • chastota sintezatorlarida va h.k..

Chastotani avtomatik qayta sozlash maishiy radioqabul qilgichlarning, shu jumladan televizion qabul qilgichlarning kirish kaskadlarida keng qo‘llanadi va odatda uncha katta bo‘lmagan diapazonda geterodin chastotasini avtomatik o‘zgartirishdan (GChAO‘) iborat. Geterodin chastotasi signalni sifatli qabul qilish uchun zarur qiymatdan o‘zgarganida (masalan, haroratning o‘zgarishi keltirib chiqaradigan) GChAO‘ geterodinga beriladigan boshqarish signalini geterodinning chastotasi eng yaxshi qabul qilishga mos keladigan tarzda o‘zgartiradi.
Televizion qabul qilgichlarda ham satr bo‘yicha yoyish chastotasi va fazasini videosignalning sinxronlashtiruvchi impulslari bilan avtomatik qayta sozlash ishlatiladi.
ChAQS tizimlari ikkita turlarga ajratiladi:

  • chastotani chastota bo‘yicha avtomatik qayta sozlash tizimlari – ChChAQS;

  • chastotani faza bo‘yicha avtomatik qayta sozlash tizimlari – ChFAQS.

ChAQS tizimining funksional va umumlashtirilgan sxemasi 4.2- rasmda keltirilgan ko‘rinishga ega bo‘ladi.
4.3- rasm ChAQS tizimini umumlashtirilgan boshqarish sxemasi ko‘rinishida tasvirlanishiga mos keladi. Bu yerda boshqarish ob’ekti boshqariladigan generator (BG) hisoblanadi. O‘lchash elementining tarkibiga Ar, OChK, ChD kiradi. OChK funksiyasini elektr signallarni boshqariladigan generator chastotasining o‘zgarishiga o‘zgartiradigan kuchaytiruvchi element (KE) bajaradi.

Ar - aralashtirgich; OChK – oraliq chastota kuchaytirgichi; ChD - chastotaviy diskriminator (istalgan chastotaviy detektor sxemasi bo‘yicha yig‘ilishi mumkin); PChF – past chastotalar filtri; UE – boshqaruvchi element; BG - boshqariladigan generator


4.2- rasm. ChAQS tizimining funksional sxemasi




4.3- rasm. ChAQS tizimining umumlashtirilgan sxemasi


Aralashtirgichning kirishiga


(4.1)

chastotali UC  signal va boshqariladigan generator chiqishidan




(4.2)

chastotali UG kuchlanish beriladi.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling