Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti
Download 1.75 Mb.
|
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amplitudaviy-chastotaviy buzilishlar
Signallarning buzilishi qabul qilgichning chiqishida birlamchi signallarning qayta eshittirilishi sifatini aniqlaydi.
Signallarning buzilishlari nochiziqli, amplitudaviy-chastotaviy va fazaviy-chastotaviy buzilishlarga bo‘linadi. Nochiziqli buzilishlarni qabul qilish trakti elementlari xarakteristikalarining nochiziqliligi keltirib chiqaradi. Ular birlamchi signalar shakllarining buzilishlarida namoyon bo‘ladi. Miqdoran ular garmoniklar koeffitsienti orqali baholanadi: bu yerda U2, U3,.... Un – qabul qilgich chiqishidagi yuqori garmonikalar amplitudalari; U1 – qabul qilgich chiqishidagi birinchi garmonika amplitudasi. Amplitudaviy-chastotaviy buzilishlar birlamchi signal spektrining turli tashkil etuvchilari uchun kuchaytirish koeffitsientidagi farqlarga bog‘liq. Ular qabul qilgich chiqishidagi birlamchi signal UF amplitudasini F chastotaga bog‘liqligi grafigi hisoblanadigan AChX amplitudaviy-chastotaviy xarakteristika orqali baholanadi (9.5- rasm). Amplitudaviy-chastotaviy buzilishlarni miqdoran baholash uchun ko‘pincha AChX o‘rniga chastotaviy buzilishlar koeffitsientidan foydalaniladi: va , bu yerda UFpast va UFyuqori – qabul qilgich chiqishidagi birlamchi signal spektrining pastki va yuqori chastotalaridagi birlamchi signalning amplitudasi; UFmax − qabul qilgich chiqishidagi birlamchi signal spektrining o‘rta chastotasidagi birlamchi signal amplitudasining maksimal qiymati. 9.5- rasm. Qabul qilgich chiqishidagi birlamchi signal UF amplitudasini F chastotaga bog‘liqligi grafigi Fazaviy-chastotaviy buzilishlar qabul qilgichning fazaviy xarakteristikasining nochiziqligiga bog‘liq, qabul qilgichning fazaviy xarakteristikasi qabul qilgich chiqishidagi birlamchi signal φ fazasini F chastotaga bog‘liqligidan iborat (9.6- rasm). 9.6- rasm. Qabul qilgich chiqishidagi birlamchi signal φ fazasini F chastotaga bog‘liqligi Har xil buzilishlar turlari har xil qabul qilinadigan signallarning turlariga turlicha ta’sir qiladi. Masalan, telefon signallarini qabul qilishda nochiziqli buzilishlar katta ahamiyatga ega bo‘ladi, bunda fazaviy-chastotaviy buzilishlar sezilarli bo‘lmaydi, chunki inson qulog‘i tovush tebranishlari fazalarining o‘zgarishlarini payqamaydi. Shu bilan bir vaqtda radioimpulsli signallarni qabul qilishda fazaviy-chastotaviy buzilishlar chiqish videoimpulslarini juda sezilarli buzadi. Qabul qilgichning qayta sozlanishi vaqti radioaloqaning ishonchliligini aniqlaydi. Hozirgi vaqtda qayta sozlanish vaqti sekundning ulushlarini tashkil etadi. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling