Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Download 1.75 Mb.
bet43/81
Sana20.10.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1712072
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81
Bog'liq
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)

Nazorat savollari

1. Tebranish konturi qanday qismlardan tashkil topgan? Uning vazifasi nima?


2. Konturning kerakli chastotani ajratishi qanday amalga oshiriladi?
3. Radioqabullash qurilmasining vazifasi nimalardan iborat?
4. Radioqabul qilgichning sifat ko‘rsatkichlarini sanab o‘ting.
5. Radioqabul qilgichlarning sezgirligi.
6. Radioqabul qilgichlarning selektivligi.
7. Radioqabul qilgichlarda elektromagnit moslashuvchanlik.
8. Radioqabul qilgichlarning halaqitbardoshligi.
9. Radioqabul qilgichlarning stabilligi.
10. Radioqabul qilgichlarning tasniflanishi qanday amalga oshiriladi?
10. RADIOQABUL QILGICHLARNI QURISH TUZILISH SXEMALARI


10.1. Radioqabul qilgichning eng oddiy tuzilish sxemasi
Radioqabul qilish qurilmalarining tuzilish sxemalari, avvalo, yuqori chastota traktini (YuChT) bajarilishi bo‘yicha farqlanadi. Eng oddiy radioqabul qilgichning tuzilish sxemasi 10.1- rasmda keltirilgan. Antenna orqali qabul qilingan radiosignal yuqori chastotali traktga beriladi va unda chastotaviy tanlovchanlik va kuchaytirish amalga oshiriladi. Shuningdek, chastotani o‘zgartirish, amplitudaviy va vaqt bo‘yicha tanlovchanlik amalga oshirilishi mumkin. Detektor qabul qilingan modulyatsiyalangan signallarni uzatilgan xabarga mos kuchlanishga o‘zgartiradi. Past chastota traktida signallarni kuchaytirish, halaqitlar ta’sirini so‘ndirish uchun qo‘shimcha o‘zgartirish, dekodlash va xabarlarni ajratish (ko‘p kanalli tizimlarda) amalga oshiriladi.

10.1- rasm. Radioqabul qilgichning eng oddiy tuzilish sxemasi


10.2. To‘g‘ridan – to‘g‘ri detektorlashli qabul qilgichning tuzilish sxemasi

Eng oddiysi to‘g‘ridan-to‘g‘ri detektorlashli qabul qilgichni qurish prinsipi hisoblanadi, uning tuzilish sxemasi 10.2- rasmda keltirilgan.


Rezonans tizim yoki filtr ko‘rinishidagi kirish zanjiri (KZ) radioqabul qilgichning chastota bo‘yicha tanlovchanligini ta’minlaydi, qabul qilinadigan signal chastotasiga sozlash, KZni qayta sozlash yoki qayta ulash orqali amalga oshiriladi. Radioqabul qilgichning tuzilishini jiddiy soddalashtirishga olib keladigan, lekin bir vaqtda uning past sezgirligi va tanlovchanligiga bog‘liq bo‘lgan detektorgacha signalni kuchaytirishning bo‘lmasligi prinsipial hisoblanadi. Bunday sxemaning ko‘rsatilgan kamchiliklarini modulyatsiyalash chastotasi kuchaytirgichining (MChK) bo‘lishi bilan tuzatib bo‘lmaydi. Shu tufayli hozirgi vaqtda to‘g‘ridan-to‘g‘ri detektorlashli qabul qilgichlar deyarli faqat millimetrli, detsimillimetrli va optik to‘lqinlar diapazonlarida qo‘llanadi.

10.2- rasm. To‘g‘ridan-to‘g‘ri detektorlashli qabul qilgichning tuzilish sxemasi



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling