11.8. Radiochastota kuchaytirgichlarining ko‘rsatkichlari
Radiochastota kuchaytirgichlarining sifat ko‘rsatkichlari quyidagilar:
Kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti:
KU = Uchiq/Ukir
Quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti:
KR = Rchiq/Rkir
Rezonansli RChKlar tanlovchan zanjirning rezonans chastotasida maksimal K0 kuchaytirishga ega bo‘ladi. Rezonans chastotadan farqli chastotalarda kuchaytirish koeffitsienti K0 kuchaytirish koeffitsientidan kichik bo‘ladi. Kuchaytirish koeffitsientining chastotaga bog‘liqligi uning amplituda-chastotaviy xarakteristikasi deyiladi. KU va KR kuchaytirish koeffitsientlarini chastotalar diapazoni bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lishi muhim parametr hisoblanadi.
Shovqin koeffitsienti kuchaytirgichning shovqin xususiyatlarini xarakterlaydi. Kuchaytirgichdagi fluktatsion shovqinlar manbalari kuchaytirgichning kirish qarshiligi, tebranish konturlari, elektron va yarim o‘tkazgichli asboblar hisoblanadi. Kuchaytirgich kirish qarshiligining shovqinlari kirish shovqinlarini hosil qiladi, kuchaytirgich elementlarida hosil bo‘ladigan shovqinlar esa o‘z shovqinlari deyiladi. Kichik o‘z shovqinlarili (NSH<2) kuchaytirgichlarning shovqin xususiyatlari xarakteristikalari uchun TSh shovqin harorati parametri ishlatiladi. TSH shovqin harorati deganda kuchaytirgich kirishi Rkir qarshiligi quvvati kuchaytirgichning o‘z shovqinlarining quvvatiga teng bo‘lgan shovqinlarni hosil qiladigan harorat tushuniladi:
TSh = T0 (NSh - 1)
Do'stlaringiz bilan baham: |