Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Radiochastota kuchaytirgichlarining tasniflanishi


Download 1.75 Mb.
bet48/81
Sana20.10.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1712072
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81
Bog'liq
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)

11. 3. Radiochastota kuchaytirgichlarining tasniflanishi

Radiochastota kuchaytirgichlari o‘ziga xos belgilari bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:



  • ishlatiladigan kuchaytirish elementi bo‘yicha: lampali, tranzistorli, tiristorli, kvantli, paramagnit (O‘YuCh vakuumli asboblar – klistronlar, magnetronlar, yuugurma to‘lqin lampalarida) va boshqalar;

  • kuchaytirish elementining ulanish sxemasi bo‘yicha: A, V, AV, S va boshqa rejimlarda ishlaydigan UBli kuchaytirgichlar, UEli kuchaytirgichlar, UKli kuchaytirgichlar;

  • tanlovchan tizim bilan aloqaning turi bo‘yicha: to‘g‘ridan-to‘g‘ri, transformatorli, avtotransformatorli va sig‘imli;

  • tarkibidagi kaskadlar soni bo‘yicha: bitta kaskadli va ko‘p kaskadli;

  • yuklama turi bo‘yicha: rezonansli yoki aperiodik.

Radiochastota kuchaytirgichi radioqabul qilish qurilmasining kirishi turar ekan, u holda uning shovqin xarakteristikalari va dinamik diapazoni asosan butun qurilmaning xarakteristikalarini aniqlaydi. Aynan radiochastota kuchaytirgichining shovqin koeffitsienti radioqabul qilgichning sezgirligini aniqlaydi.
Zamonaviy elementlar asosini mikrominiatyurizatsiyalanishi va unga bog‘liq radioqabul qilish qurilmalari tugunlarining mikrominiatyurizatsiyalanishi tufayli hozirda O‘YuCh diapazonda ilgari pastroq chastotalarda qo‘llangan sxemotexnik yechimlarning qo‘llanishi mumkin bo‘ldi. Bu shunga bog‘liqki, blokning ishchi tebranishlar to‘lqin uzunligiga nisbatan o‘lchamlari to‘lqin uzunligining o‘ndan bir qismidan kichik bo‘lib qolmoqda va natijada bu blokni ishlab chiqishda tebranishlarning tarqaishidagi to‘lqin samaralarini e’tiborga olmaslik mumkin.


11.4. Rezonans konturli RChKning prinsipial sxemasi

Yuklamasi tebranish konturidan tashkil topgan kuchaytirgichlarni rezonans kuchaytirgichlar deb ataladi. Bunda tebranish konturi oldindan ma’lum bo‘lgan foydali signal chastotasiga sozlanadi va bu chastota bo‘yicha rezonans holatiga o‘tadi. Rezonans holatida esa tebranish konturi o‘zidan faqat foydali signal chastotasini o‘tkazadi.


Rezonans konturli RChKning prinsipial sxemasi 11.2- rasmda keltirilgan. Sxemada, kirish zanjiridan chiqayotgan signal kuchaytirish asbobiga beriladi. Elektr zanjirlar nazariyasiga asosan rezonans paytida kuchaytirish asbobining yuklama bo‘lgan tebranish konturining qarshiligi aktiv va katta qiymatli bo‘ladi. Shu sabab, kuchaytirish asbobiga keladigan signal qanchalik kichik bo‘lmasin, katta qarshilikda katta kuchlanish tushuvini hosil qiladi. Shunday ekan, demak bu radiosignal kuchayadi. Undan tashqari, radiosignal kuchaytirgich asboblarining o‘ziga xos xossalariga asoslangan holda kuchayadi. Kuchaytirishning bu usulida kuchlanishi manbaining ham ulushi bo‘ladi. Odatda, kuchaytirishning bu xususiy holida signal nafaqat kuchlanish bo‘yicha, balki quvvat bo‘yicha ham kuchayadi.


11.2- rasm. Rezonans konturli RChKning prinsipial sxemasi





Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling