11.6. Kaskadli radiochastota kuchaytirgichi sxemasi
Radiochastota kuchaytirgichining yana bir keng tarqalgan sxemasi kaskadli kuchaytirgich sxemasi hisoblanadi. Bu sxemada ikkita tranzistorli kaskadlar – umumiy emitterli va umumiy bazali sxemalar ketma-ket ulanadi. Bunday yechim kuchaytirgichning o‘tish sig‘imi qiymatini qo‘shimcha kamaytirishga imkon beradi. Kaskadli kuchaytirgichning eng keng sxemasi tranzistorli kaskadlar orasidaga galvanik aloqali sxema hisoblanadi. Bipolyar tranzistorlarda yig‘ilgan kaskadli radiochastota kuchaytirgichining sxemasiga misol 11.4- rasmda keltirilgan.
11.4- rasm. Kaskadli radiochastota kuchaytirgichining sxemasi
Bu sxemada 11.3- rasmdagi sxemadagi kabi VT2 tranzistor ishchi nuqtasini emitterli stabillash qo‘llangan. C6 kondensator qabul qilinadigan signal chastotasida manfiy teskari aloqani bo‘lmasligini ta’minlaydi. Qator hollarda bu kondensator kuchaytirgichning chiziqliligini oshirish uchun va radiochastota kuchaytirgichining kuchaytirish koeffitsientini kamaytirmaslik uchun qo‘yilmaydi.
C2 kondensator VT1 tranzistor bazasini o‘zgaruvchan tok bo‘yicha yerga ulanishini ta’minlaydi. C4 kondensator ta’minot manbaini o‘zgaruvchan tok bo‘yicha filtrlanishini ta’minlaydi. R1, R2, R3 rezistorlar VT1 va VT2 tranzistorlarning ishchi nuqtalarini aniqlaydi. C3 kondensator VT2 tranzistorning baza zanjirini oldingi kaskaddan (kirish polosali filtridan) o‘zgarmas tok bo‘yicha ajratadi. Kollektor zanjirining o‘zgarmas tok bo‘yicha yuklamasi bo‘lib L2 drossel xizmat qiladi. Umumiy bazali radiochastota kuchaytirgichidagi kabi kaskadli kuchaytirgichning kirishi va chiqishida past chastota filtrlari qo‘llangan. Ularning asosiy vazifasi kirish va chiqish qarshiliklarini 50 Om qiymatga o‘zgartirishni ta’minlaydi.
11.7. Integral mikrosxemadagi RChK
Hozirgi vaqtda radiochastota kuchaytirgichlari qator firmalar tomonidan tayyor mikrosxemalar ko‘rinishida chiqarilmoqda. Misol uchun RFMD firmasining RF3827, RF2360 mikrosxemalari, Analog Devises firmasining ADL5521 mikrosxemalari, M/A-COM firmasining MAALSS0038, AM50-0015 mikrosxemalarini aytish mumkin.
Bu mikrosxemalarda arsenid-galliyli maydoniy tranzistorlar qo‘llanadi. Yuqori kuchaytiriladigan chastota 3 GGs gacha etishi mumkin. Bunda shovqin koeffitsient 1,2 dan 1,5 dBgacha chegaralarda o‘zgaradi. M/A-COM firmasining MAALSS0038 integral mikrosxemasi qo‘llangan radiochastota kuchaytirgichining prinsipial sxemasiga misol 11.5- rasmda keltirilgan.
11.5- rasm. MAALSS0038 integral mikrosxema qo‘llangan radiochastota kuchaytirgichining prinsipial sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |