RChKning tanlovchanligi uning tarkibiga kiradigan rezonans tizimning tanlovchanligi orqali aniqlanadi. Miqdoriy jihatdan σU tanlovchanlik berilgan Δƒ nosozlanishda KΔƒ kuchaytirish koeffitsienti K0 rezonans kuchaytirish koeffitsientidan qancha martaga kamayishini ko‘rsatadigan son orqali xarakterlanadi:
σU = K0/KΔf
Ktb to‘g‘ri burchaklilik koeffitsienti 0,707 sathdagi o‘tkazish polosasini berilgan a so‘nishdagi o‘tkazish polosasiga nisbatiga teng. So‘nish qiymati odatda o‘nga karrali (10, 100, 1000 va h.k. yoki 20, 40, 60 dB) tanlanadi.
To‘g‘ri burchaklilik koeffitsienti 0,707 sathdagi o‘tkazish polosasini berilgan 0,1 sathdagi o‘tkazish polosasiga nisbatiga teng (11.6- rasm).
kp0.1 = ΔF0/ ΔF0.1
Boshqa to‘g‘ri burchaklilik koeffitsientilarini ham shunday tarzda aniqlash mumkin:
kp0.01 = ΔF0/ ΔF0.01; kp0.001 = ΔF0/ ΔF0.001
11.6- rasm. 0,707 sathdagi o‘tkazish polosasini berilgan 0,1 sathdagi o‘tkazish polosasiga nisbati
Signalning buzilishi. RChKda, umuman radioqabul qilgichning o‘zida uchta turlardagi buzilishlar bo‘lishi mumkin:
amplituda-chastotaviy buzilishlar, ular to‘liq tanlovchan tizimning shakli orqali aniqlanadi;
faza-chastotaviy buzilishlar FChXning nochiziqliligi natijasi hisoblanadi;
foydali signalning past sathi tufayli nochiziqli buzilishlar, ular asosan tashqi polosali kuchli halaqit orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |