Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Chastota bo‘yicha modulyatsiyalangan signallarni detektorlash


Download 1.75 Mb.
bet60/81
Sana20.10.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1712072
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81
Bog'liq
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)

13.4. Chastota bo‘yicha modulyatsiyalangan signallarni detektorlash

ChM signallarni detektorlash kogerent va nokogerent qabul qilishda amalga oshirilishi mumkin. Nokogerent qabul qilishda ChM signallarni detektorlashni ko‘rib chiqamiz. Bu holda detektorlash quyidagi ikkita bosqichda amalga oshiriladi:



  • chastotaviy modulyatsiyalangan signalni amplitudaviy chastotaviy modulyatsiyalangan signalga (AChM) o‘zgartirish;

  • AChM signalni amplitudaviy detektor orqali detektorlash.

ChM signallarni detektorlash prinsipial sxemasi 13.14- rasmda keltirilgan.
ChM signal chastotasi ortganida, u konturning ωrez rezonans chastotasiga yaqinlashadi va uK(t) tebranish amplitudasi ortadi. ChM signal chastotasi kamayganida konturning ωrez rezonans chastotasidan uzoqlashadi va uK(t) tebranish amplitudasi kamayadi. Shunday qilib, konturning chiqishidagi tebranish modulyatsiyalangan signal bo‘lib, unda ham amplituda, chastota o‘zgaradi (AChM signal). Keyin signal amplitudaviy detektor orqali detektorlanadi.

13.14- rasm. ChM signallarni detektorlash prinsipal sxemasi

Bu detektorda ChM signalni AChM signalga o‘zgartirish L1C1 tebranish konturi yordamida amalga oshiriladi. Kontur tashuvchi chastotaga nisbatan


sozlanmagan, ya’ni uning rezonans chastotasi tashuvchi signalning chastotasiga teng emas (13.15- rasm).

13.15- rasm. ChM signallarni detektorlash vaqt diagrammalari

Bu detektorning detektorlash xarakteristikasi 13.16- rasmda keltirilgan. Bu xarakteristika chiziqli hisoblanadi, demak, bu detektor orqali detektorlashda modulyatsiyalovchi signal nochiziqli buzilishlarga ega bo‘ladi.



13.16- rasm. Bir taktli chastotaviy detektorning detektorlash xarakteristikasi

Nochiziqli buzilishlarni tuzatish uchun balansli (ikki taktli) chastotaviy detektorlash sxemasi ishlatiladi (13.17- rasm).



13.17- rasm. Balansli CHD sxemasi

Bu detektorda har ikkala tebranish konturlari tashuvchi chastotaga nisbatan o‘zaro sozlanmagan va turli ωrez1 va ωrez2 rezonans chastotalarga ega, konturlarning xarakteristikalari 13.18- rasmda keltirilgan.


Natijada ωrez1 va ωrez2 rezonans chastotalar orasida detektorlash uchun ishlatiladigan chiziqli oraliqqa ega bo‘lgan xarakteristikani olamiz.
Balansli detektorning chastotaviy xarakteristikasi 13.19- rasmda keltirilgan.

13.18- rasm. Balansli detektor tebranish konturlarining chastotaviy bog‘liqligi



13.19- rasm. Balansli detektorning chastotaviy xarakteristikasi



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling