Nazorat savolari
1. Zanjirga turli YuCh signallarning berilishida nima hosil bo‘ladi?
2. Turli YuCh signallar berilgan zanjirga diodning kiritilishida nima o‘zgaradi?
3. Chastotani o‘zgartirish jarayoni nimadan iborat?
4. Qabul qilgich chastota o‘zgartirgichining tuzilish sxemasini tushuntiring.
5. Chastota o‘zgartirgichining ishlash prinsipini tushuntiring.
6. Radiochastota signalini oraliq chastotaga o‘tkazish qanday amalga oshiriladi?
7. Eng oddiy diodli aralashtirgichning prinsipial sxemasini tushuntiring.
8. Halqali balans aralashtirgichning prinsipial sxemasini tushuntiring.
9. Tranzistorli o‘zgartirgichning tuzilish sxemasini tushuntiring.
10. Tranzistorli o‘zgartirgichning prinsipial sxemasini tushuntiring.
13. RADIOQABUL QILISH QURILMALARIDA SIGNALLARNI DETEKTORLASH
13.1. Detektorlash usullari va detektorlar xarakteristikalari
Yuqori chastotali signaldan tovushni (yoki foydali ma’lumotni) ajratish jarayoni demodulyatsiyalash (modulyatsiyalashga teskari jarayon) yoki boshqacha aytganda detektorlash deyiladi.
Radioning uzoq tarixida detektor sifatida turli qurilmalar ishlatiladi. Dastlab bu kristalli, suyuqlikli yoki magnit detektorlar bo‘ldi, keyin vakuumli diodlar (elektron lampalar) paydo bo‘ldi va nihoyat detektor sifatida yarim o‘tkazgichli elementlar qo‘llanila boshlandi.
Detektorli qabullagichning sxemasi va turli nuqtalaridagi signallarning shakllari 13.1- rasmda, Detektorli qabullagichning sxemasidagi elementlarning ko‘rinishi esa 13.2- rasmda keltirilgan.
1- rasm. Detektorli qabullagichning sxemasi va turli nuqtalaridagi signallarning shakllari
Detektorlash signallarni kogerent va nokogerent qabul qilishda amalga oshiriladi.
Kogerent qabul qilishda detektorlashda signalning boshlang‘ich fazasi haqidagi ma’lumotlar ishlatiladi.
Nokogerent qabul qilishda detektorlashda signalning boshlang‘ich fazasi haqidagi ma’lumotlar ishlatilmaydi.
13.2- rasm. Detektorli qabul qilgich sxemasidagi elementlarning ko‘rinishi
Shunday qilib, detektorlash detektor qurilmalarida amalga oshiriladi. Detektorning shartli belgilanishi 13.3- rasmda tasvirlangan ko‘rinishga ega bo‘ladi.
13.3- rasm. Signallarni kogerent va nokogerent qabul qilishda detektorlash
Detektorning xarakteristikalari detektorlash, chastotaviy xarakteristikalar va uzatish koeffitsienti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |