Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/114
Sana28.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1732208
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114
 
 
 
 
 
 
 


206 
Nazorat savollari 
1. Bir zonali tranking tizimining umumlashtirilgan tuzilish sxemasini 
keltiring va uning tashkil etuvchilarining vazifalarini tushuntiring. 
2. Televizion tasvirni uzatilishi prinsiplarini tushuntiring. 
3. MPEG-4 vidiosignallarni siqish standartini tushuntiring. 
4. DVB televizion standarti xarakteristikalarini ayting. 
5. Raqamli radioeshittirishga o‘tish omillari.
6. «EVRIKA-147/ DAB» tizimi. 
7. Butundunyo raqamli radiosi (DRM).
8. Raqamli ovozli radioeshittirishni rivojlantirish istiqbollari. 
9. Kognitiv radioni qanday tushunish kerak? 
10. RFID-texnologiyalarning qanday avzalliklari va qo‘llanilishi 
sohalari mavjud?  
11. Bluetooth texnologiyasini tushuntiring. 
12. HomeRF texnologiyasini tushuntiring. 
13. ZigBee texnologiyasini tushuntiring. 
14. Wireless USB texnologiyasini tushuntiring. 
15. NFC texnologiyasini tushuntiring. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


207 
GLOSSARIY 
 
ATO‘T - antenna – to‘lqin o‘tkazgich trakti 
AMI - antenna – machta inshoatlari 
ATS - avtomatik telefon stansiyasi 
AChX - amplitudaviy - chastotaviy xarakteristika 
RTBM – radiouzatish va televidenie bosh markazi
MABBM – magistral aloqani boshqarish bosh markazi 
ES - yer usti stansiyasi 
IKM - impulsli - kodli modulyatsiyalash 
AIP - axborot - ijrochi punkt 
KBV – yugurma to‘lqin koeffitsienti 
NCH – nazorat chastotasi 
LATS - liniya - apparat sexi 
EUL – elektr uzatish liniyasi 
MXA – magistral xizmat aloqasi 
MTS – xalqaro telefon stansiyasi 
AP – asosiy polosa 
ORS – oxirgi radioreleli stansiya 
VRTUM – viloyat radiotelevizion uzatish markazi 
Uzat – uzatkich
Qab – qabullagich
SXA – stansion xizmat aloqasi 
TIQ – texnik ishlatish qoidalari 
PRI – polezioxron raqamli ierarxiya 
OCH – oraliq chastota 
RRL - radioreleli liniya 
RRCHT – radioreleli chiziqli trakt 
RRS - radioreleli stansiya 
RRTUM - respublika radiotelevizion uzatish markazi 
O‘YUCh – o‘ta yuqori chastota 
XA – xizmat aloqasi 
SRI – sinxron raqamli ierarxiya 
TV - televidenie 
TXK – texnik xizmat ko‘rsatish 
TS - telesignalizatsiya 
TB – teleboshqaruv
MATT – magistral aloqaning texnik tuguni 
TF - telefoniya 


208 
MAHM - magistral aloqa hududiy markazi 
TRS - tugun radioreleli stansiyasi 
RRRChT - raqamli radioreleli chiziqli trakt 
RRRL - raqamli radioreleli liniya 
RUT – raqamli uzatish tizimi 
FV – favqulodda vaziyat 
2,5G (2,5 Generation) – 2-nchi avlod takomillashgan 
vositalaridan foydalanishga asoslangan, lekin 3-avlod xizmatlarini 
ta’minlay oladigan o‘tish davri texnologiyalari. 
3G (3 Generation) - 3-nchi avlod. IMT-2000 dasturi doirasida 
ishlab chiqilgan mobil aloqa tizimlarining avlodi. Bu avlod 
radioulanish tarmoqlari yuqori mobillikli abonentlar (harakatlanish 
tezligi 120 km/soatgacha) uchun 144 kbit/sgacha, past mobillikli 
abonentlar (harakatlanish tezligi 3 km/soatgacha) uchun 384 
kbit/sgacha va 2,048 Mbit/s tezliklarli ma’lumotlarni almashlashni 
ta’minlaydi. 
3GPP (3 Generation Partnership Project, 3-nchi avlod 
hamkorligi loyihasi) - IMT-2000 dasturi doirasida 3-nchi avlod 
tizimlarini standartlashtirish bo‘yicha amaliy ishlarni o‘tkazilishi 
maqsadlarida 1998 yilning 4 dekabrida tashkil etilgan tashkilot. 
3GPP2 (3-rd Generation Partnership Project 2, 3-nchi avlod 
hamkorligi ikkinchi loyihasi) – Shimoliy Amerikada amalda bo‘lgan 
ANSI-41 magistral bazaviy tarmoqlar asosida qurilgan 3G-standartlar 
texnik spetsifikatsiyalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan 
tashkilot. 
8-PSK (8-Phase Shift Keying) 8 ta pozitsiyali Fazaviy 
Manipulyatsiyalash, bunda bitta simvol uchta bitlar bilan uzatiladi. 
AMPS (Advanced Mobile Phone System) – Takomillashtirilgan 
Mobil Aloqa Tizimi. FDMAga asoslangan va 800 MGs chastotada 
ishlaydigan analog tizim. Kanalning kengligi 30 kGs.
Bluetooth – mobil aloqa telefonlari, PK, noutbuklar va boshqa 
periferiya qurilmalari orasidagi simsiz ulanish standarti. Ilmiy-tibbiy 
asosblar ishlatadigan 2,45 GGs bo‘sh chastotada kichik masofali (10 
metrgacha) kanallardan foydalanish ko‘zda tutiladi. 
BS (Base Station) - bazaviy stansiya.
BSC (Base Station Controller) - bazaviy stansiya kontrolleri. 
BTS (Base Transciever Station) - bazaviy stansiya qabullagich-
uzatkichi. 


209 
CDMA (Code Division Multiple Access) – kod bo‘yicha 
ajratishli ko‘p tomonlama ulanish.
CDMA2000 
1xEV-DO 
(CDMA2000 
1xData 
Only) 

CDMA2000 1-nchi evolyutsiya, faqat ma’lumotlar.
CDMA2000 1xEV-DV (CDMA2000 1xEvolution Data and 
Voice) - 1-nchi evolyusiya, ma’lumotlar va ovoz. Maksimal tezlik 3-5 
Mbit/sgacha, 1,25 MGs kanaldagi normal uzatish qobiliyati 1 Mbit/sni 
tashkil etadi. 
CDMAOne – qabul qilish uchun 824-849 MGs chastotalar 
diapazonini, uzatish uchun 874-899 MGs chastotalar diapazonini 
ishlatadigan to‘liq raqamli diapazon. 
Cell - Sota, yacheyka
CEPT (Conference of European Post and Telecommunications) 
– 19 ta Evropa davlatlari tomonidan 1959 yilda ta’sis etilgan Evropa 
Pochta va Aloqa Konferensiyasi
DECT (Didital Enhanced Cordless Telecommunications) – 
simsiz aloqa raqamli mikrosotali tizim
DS-CDMA (Direct Sequence CDMA) – kanallar kod bo‘yicha 
ajratiladigan va spektr to‘g‘ridan-to‘g‘ri kengaytirishli ko‘p stansiyali 
ulanish
DSSS (Direct Sequence Spread Sequence) – spektrni to‘g‘ri 
ketma-ketlik usuli orqali kengaytirish. Dastlabki ikkilik signal 
tashuvchini modulyatsiyalash uchun psevdo-tasodifiy ketma-ketlikka 
o‘zgartiriladigan keng polosali signalni shakllantirish usuli. 
EDGE (Enhanced Data rates for Global Evolution), shuningdek 
UWC-136 (amaliy tezlik - 384 kbit/sek, nazariy erishiladigan tezlik - 
473,6 kbit/sek).
FCC (Federal Communication Commission) – Federal aloqa 
komissiyasi (FAK). 1934 yilda tashkil etilgan va chastotalar 
resurslarini taqsimlanishiga javobgar AQSh hukumati organi. 
FCCning shtab-kvartirasi Vashingtonda joylashgan. 
FDD (Frequency Division Duplex) – chastota bo‘yicha 
ajratiladigan ikki tomonlama aloqa.
FDMA (Frequency Division Multiple Access) – chastota 
bo‘yicha ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish
GERAN (GSM/EDGE Radio Access Network) – radiulanishli 
GSM/EDGE tarmog‘i. 
GMSK (Gaussian Minimum Shift Keying) – bitta simvol bit
bilan uzatiladigan Minimal Gauss Manipulyatsiyalash.


210 
GPRS 
(General 
Packed 
Radio 
Services) 
– paketlar 
kommutatsiyalanadigan radio tizimlari. GPRS ko‘pincha GSM-IP 
(GSM Internet Protocol) sifatida aytiladi.
GPS (Global Positioning System) – global pozitsiyalash tizimi.
GSM (Global System for Mobile communications) – Global 
mobil aloqa tizimi, mobil aloqa raqamli tizimi. 900, 1800 va 1900 
MGs chastotalarni ishlatadigan sotali aloqa standarti. GSM 
texnologiyasini standartlashtirishga mas’ul Yevropa elektr aloqa 
standartlashtirish instituti (ETSI). GSM TDMA texnoogiyani 
ishlatadi. 
GSM 1800 - 1800 MGs chastotadagi GSM raqamli standarti, 
shuningdek DCS 1800 yoki PCN sifatida ma’lum.
GSM 1900 - 1900 MGs chastotadagi GSM raqamli standarti, 
shuningdek PCS sifatida ma’lum. 
GSM 900 - 900 MGs chastotadagi GSM raqamli standarti 
Yevropa va Osiyoning 100 dan ortiq davlatlarida tarqalgan. 
HSWD (High Speed Wireless Data) – yuqori tezlikli 
ma’lumotlarni simsiz uzatish.
IMT-2000 (International Mobile Telecommunications - 2000) – 
telekommunikatsiyalar 
xalqaro 
mobil 
qurilmalari 
2000. 
Bu 
tashabbusga 
muvofiq 
IMT 
xususiy 
tarmoqlar 
va 
umumiy 
foydalanishdagi tarmoqlarda qayd etilgan va mobil tizimlar 
foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldoshli va yer usti 
tizimli 
orqali 
global 
telekommunikatsion 
infratuzilmaga 
radioulanishni ta’minlash xizmatlari standartini ishlab chiqadi. 
Boshqacha aytganda, bu uchinchi avlod aloqa xizmatlari hisoblanadi. 
IMT-SC (IMT-2000 Single Carrier) UWC-136 standarti loyihasi 
spetsifikatsiyalariga asoslanadi, unda tizimning juft chastotalar
polosalarida ishlashi shartlarida mavjud TDMA tizimining 
imkoniyatlarini bosqichma-bosqich kengaytirish aniqlangan. 
IMT-TC (IMT-2000 Time-Code) – XEAIda taqdim etilgan 
standart bo‘lib, vaqt bo‘yicha dupleks surilishli (TDD) TDMA/CDMA 
kanallar kodli-vaqt bo‘yicha ajratilishiga asoslangan va juft bo‘lmagan 
chastotalar polosalarida aloqani tashkil etish uchun mo‘ljallangan. 
IPUI (International Portable User Identity) – xalqaro abonent 
kodini tanish.
ITU (International Telecommunication Union) – Xalqaro Elektr 
Aloqa Ittifoqi. Bu tashkilot global telekommunikatsion tarmoqlar va 


211 
interfeyslarni davlat va xususiy tashkilotlar foydalanishini boshqaradi. 
Tashkilotning shtab-kvartirasi Jenevada (SHveysariya) joylashgan. 
ITU-R (International Telecommunication Union – Radio 
communication) - Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqining radioaloqa 
sektori. 1993 yilda tashkil etilgan va radioaloqa bo‘yicha halqaro 
maslahat qo‘mitasining (RHMQ) merosxo‘ri hisoblanadi. 
ITU-T (International Telecommunication Union - Telecom 
Standartization) 
– 
Xalqaro 
Elektr 
Aloqa 
Ittifoqining 
telekommunikatsiyalar sohasida standartlashtirish sektori. 1993 yilda 
tashkil etilgan va telegrafiya va telefoniya bo‘yicha xalqaro maslahat 
qo‘mitasining (TTHMQ) merosxo‘ri hisoblanadi. 
JDC (Japanese digital cellular) – yapon raqamli sotali tizim. 
MC-TDMA (Multi-Carrier TDMA) – ko‘p chastotali TDMA. 
Vaqt bo‘yicha ajratishli ko‘p stansiyali ulanish aralash texnologiyasi, 
bunda har bir kanal chastotasi va kadrdagi vaqt intervali nomeri bilan 
xarakterlanadi. 
OQPSK (Offset Quadrature Phase-Shift Keying) – surilishli 
kvadraturali fazaviy manipulyatsiyalash.
p/4 DQPSK – to‘rtta {-p/4; p/4; -3p/4; 3p/4} simvollardan 
kodlarni ishlatadigan fazaviy manipulyatsiyalash, ulardan har biriga
{00, 01, 10, 11} ma’lumotlar ikkita biti moslikka qo‘yiladi. 
TDD (Time Division Duplex) – vaqt bo‘yicha ajratishli ikki 
tomonlama aloqa. Bitta kadrning turli vaqt intervallarida qabul qilish 
va uzatish kanallari zichlashtirilgan bitta aloqa liniyalari bo‘yicha 
ma’lumotlarni almashlash usuli. TDD rejimi piko- va mikrosotalarda 
qo‘llash uchun mo‘ljallangan, bunda abonentlar cheklangan 
bo‘shliqda uncha yuqori bo‘lmagan tezlikda harakatlanadi. 
TDMA (Time Division Multiple Access) - vaqt bo‘yicha 
ajratishli ulanish. 
TD-SCDMA (Time Division Synchronous Code Division 
Multiple Access) – sinxron vaqt-kod bo‘yicha ajratishli ulanish. 
TETRA (Terrestrial Trunked Radio) - Tranking radioaloqa. Bu 
standart vaqt o‘tishi bilan barcha mavjud turli tranking aloqa analog 
standartlarini almashtirish maqsadlarida Yevropa telekommunikatsion 
standartlar instituti (ETSI) doirasida yaratilgan. 
UMTS (Universal Mobile Telecommunication System) - 
Universal 
Mobil 
Telekommunikatsion 
Tizim 
bo‘lib, unda 
ma’lumotlarni 
uzatish 
tezligi 
120km/soatgacha 
tezlikda 
harakatlanishda 384 kbit/sekundgacha va 10km/soatgacha tezlikda 


212 
harakatlanishda 2 mbit/sekundgachani tashkil etadi. Bu standart 
Evropa uchun uchinchi avlod sotali aloqa standarti, ETSI ishlab 
chiqqan. 
UTRAN (UMTS Terrestrial Radio Access Network) - UTRA 
radiointerfeysi asosida qurilgan radioulanish yer usti tarmog‘i.
UWC-136 (Universal Wireless Communications-136 - universal 
mobil kommunikatsiyalar) – ishlanmani muvofiqlashtirish bo‘yicha 
UWCC shug‘ullandi. Standart, u EDGE bo‘lib, asosan IS-136 
DAMPS/TDMA standartda o‘z xizmatlarini taklif etadigan o‘z 
xizmatlarini 
taklif 
etadigan 
operatorlarning 
soddalashtirilgan 
migratsiyalanishi uchun ishlab chiqilgan. IMT-2000 bo‘yicha bu 
standart IMT-SC deyiladi. 
WAP 
(Wireless 
Application 
Protocol) 
– 
bepul 
litsenziyalanmaydigan simsiz aloqa protokoli bo‘lib, kengaytirilgan 
mobil telefoniya tizimlarini yaratishga va mobil telefonlardan Internet 
sahifalarga ulanishni olishga imkon beradi. 
WARC 
(World 
Administrative 
Radio 
Conference) 
– 
Radiochastotalar bo‘yicha butundunyo ma’muriy konferensiyasi 
(Wideband code division multiple access) – kanallar kod bo‘yicha 
ajratiladigan keng polosali ko‘p stansiyali ulanish.
WLL (Wireless Local Loop) – simsiz abonentlar liniyalari. Eng 
tez-tez ishlatiladigan abonentlar ulanish texnologiyalarini belgilanishi. 

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling