Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/114
Sana28.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1732208
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   114
5.6. Ochiq optik uzatish tizimlari
 
Turli manbalarda infraqizil (IQ) diapazonda ma’lumotlarni simsiz 
uzatish qurilmalarining turli nomlari ishlatiladi. Lekin O‘zRda OOUT 
– Ochiq Optik Uzatish Tizimi qisqartmasi qabul qilingan, undan biz 
keyinchalik foydalanamiz. 
Modulyatsiyalangan yorug‘likdan foydalanish bilan atmosfera 
orqali ma’lumotlarni uzatish konsepsiyasi nisbatan oddiy, uzatish 
tizimidan yorug‘likning ingichka nuri atmosfera orqali o‘tadi va 
qabul qilish tizimiga tushadi. OOUT va tolali optik aloqa tizimlari 
(TOAT) infraqizil (IQ) to‘lqin uzunliklarini ishlatadi va uzatish 
polosasi bo‘yicha bir xil imkoniyatlarga ega, shuning uchun ko‘pincha 
u “tolasiz optika” yoki “simsiz optik aloqa” deyiladi. 
Optik 
spektr 
yuzlab 
teragerslar 
chastotalar 
sohasida 
litsenziyalanmaganligini hisobga olish bilan ko‘plab OOUT tizimlari 
oddiy amplitudaviy modulyatsiyalashni, ya’ni raqamli tolali optikada 
qo‘llaniladigan standart kodlash texnikasini ishlatadi. Bunday 
tizimlarda yorug‘ikning bo‘lishi birni kodlaydi, uning bo‘lmasligi esa 
nolni kodlaydi. Bu oddiy modulyatsion sxema OOUT tizimlarni fizik 
daraja chastotaviy va protokolli ochiq bog‘lanishlar sifatida 
konstruksiyalashga imkon beradi. 
OOUTning qurilishi tamoyili ishlatiladigan uzatish muhitidan 
tashqari, optik tolali aloqa liniyalaridagiga o‘xshash bo‘ladi [36-38].


201 
Texnologiya 
ma’lumotlarni 
spektrning 
IQ 
qismida 
modulyatsiyalangan nurlanish orqali uzatishga asoslanadi. OOUTning 
funksional sxemasi 5.3-rasmda keltirilgan. 
5.3- rasm. AOUTning funksional sxemasi
Manba ham analog, ham raqamli (televizion, faksimil, E1 
oqimlari va h.k.) signal bo‘lishi mumkin, u Signallarga Ishlov Berish 
Blokiga (SIBB) beriladi. Keyin signal yarim o‘tkazgichli lazerli 
diodga (YAO‘LD) beriladi, undan IQ yorug‘lik oqimiga o‘zgartiriladi. 
Keyin IQ nur optik tizimdan o‘tishi bilan kerakli kesim shakliga 
(aperturaga) ega bo‘ladi va atmosfera orqali uzatiladi. Qabul qilish 
uchida IQ nur optik tizimga tushish bilan fotodiodga fokuslanadi va 
teskari elektr signalga o‘zgartiriladi. O‘zgartirilgan signal SIBBda 
kuchaytirladi va ishlov beriladi va dastlabki signalga qayta tiklanadi. 
Infraqizil diapazon atmosfera optik aloqa liniyalari qurilmalari 
konstruktiv binolardan tashqariga o‘rnatish uchun himoya qobiqlarili 
ikkita bir turdagi bloklar hisoblanadi (5.4- rasm). 
Bloklarda qabullagich va uzatkich joylashgan, shuningdek 
standart interfeyslar (V.35 dan ATM-155 gacha) biriktirgichlari 
ko‘zda tutilgan. Uzatkichda nurlantirgich sifatida yarim o‘tkazgichli 
lazerli diod ishlatiladi (oddiy yorug‘lik diodi bo‘lishi mumkin). 
Shuning uchun atmosfera infraqizil aloqa liniyalari lazerli atmosfera 
aloqa liniyalari (LAAL) liniyalari, horijiy texnik adabiyotlarda esa 
FSO - Free Space Optics deyiladi. 

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling