Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti aktsim fakulteti 120-20 guruh talabasi Muzaffarov Nuriddinning


Download 37.72 Kb.
bet2/2
Sana04.11.2023
Hajmi37.72 Kb.
#1746349
1   2
I. ORIFLAME ODOB-AXLOQ KODEKSI
Oriflame Brend Hamkori sifatida men quyida keltirilgan biznesni yuritish qoidalariga rioya qilish majburiyatini olaman.
1.1. Oriflame Ustavida va kompaniyaning boshqa nashrlarida aks ettirilgan barcha qoidalarga qat’iy rioya qilish. Nafaqat harflarga, balki Oriflame Nizomining ruhiga ham amal qilish.
1.2. Oriflame Brend Hamkori sifatida ishbilarmonlik munosabatlariga kirishib, bosh tamoyilga -atrofdagilarga nisbatan qanday munosabatda bo’lsam, ular ham menga istaganimdek shunday munosabatda bo’lishlari bilan rahbarlik qilish.
1.3 Mahsulotlarni, biznes imkoniyatlarini va Oriflame haqidagi har qanday ma’lumotni ro‘yxatdan o‘tmagan foydalanuvchilarga va Brend Hamkorlariga vijdonan va ishonchli taqdim etish. Faqat Oriflame Rasmiy korporativ nashrlarida keltirilgan mahsulotlar va imkoniyatlarga nisbatan yozma va og‘zaki shaklda va’dalarni berish. Oriflame mahsulotlari va biznes imkoniyatlarini boshqa kompaniyalar mahsulotlari va biznes imkoniyatlari bilan taqqoslaganda faqat tasdiqlangan rasmiy ma’lumotlarni taqdim etish muhimligini yodda tutish.
1.4. Oriflame Brend Hamkorining (shuningdek homiy va Direktorning) belgilangan darajaga muvofiq tayinlangan va Oriflame rasmiy korporativ nashrlarida belgilangan barcha vazifalarini bajarish.
1.5.Kompaniyaning halollik, qadr-qimmat va mas’uliyatni ko‘zda tutuvchi eng yuqori odob-axloqiy me’yorlariga muvofiq o‘zini tutish.
1.6. Hech qanday holatda Oriflame tuzilmalaridan kompaniya tomonidan tasdiqlanganidan boshqa har qanday mahsulotni tarqatmaslik yoki xizmatlarni reklama qilish uchun foydalanmaslik.
1.7. Mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Mahalliy qonunchilik talablariga qat’iy muvofiq ravishda tarqatish. Shu bilan birga, Oriflame Brend Hamkori tomonidan Mahalliy qonunchilikda belgilangan talablar buzilgan taqdirda Oriflame hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
1.8. Har qanday turdagi chakana tarqatish kanallardan foydalanish taqiqlanadi.
1.9 Oriflameni jamoatchilik ko‘ziga ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda salbiy ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan noaniq mazmunli ma’lumotlarning tarqalishini oldini olish.
1.10. O‘z mamlakatim, shuningdek mening xalqaro tarmog‘im faoliyat ko‘rsatadigan barcha mamlakatlarning qonunlariga rioya qilish.
1.11. Odob-Axloq Kodeksi va Xulq-atvor qoidalariga talablariga rioya qilish Qoidalar va Shartlarni (shartnomasi) tuzish shartidir.
Download 37.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling