Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


Download 1.96 Mb.
bet101/116
Sana06.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1750219
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   116
Bog'liq
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

BRAUZER (brouzer) - grafik va matnli axborotlarni ko‘rish va qidirishga mo‘ljallangan dasturiy vosita.
MA’LUMOTLAR XAVFSIZLIGI (data cesurity) - ma’lumot va dasturlarni buzish, o‘zgartirish yoki o‘chirib tashlash maqsadida ruxsatsiz kirishdan himoya qilish. Ma’lumotlar xavfsizligi apparat, dasturiy, kriptografik usullar, himoya vositalari va kompleks tashkiliy tadbirlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
VIRTUAL REALLIK - multimediya vositasi yordamida (tovush, rang, tomosha effekti) reallik illyuziyasini hosil qilish.
VOIS – butun jahon intellektual mulk tashkiloti.
DOMEN – Internetdagi tarmoq yoki kompyuter nomi, @ belgisidan o‘ngda turuvchi belgilar yig‘indisi. Nomlarning domenli tizimi kompyuterning harflardan iborat nomini raqamli adresga aylantirish imkonini beradi.
KIRISH (access) – magnitli tashuvchilarda uzoq muddatli saqlanayotgan ma’lumotlarni qidirib topish, olish va bu ma’lumotlarni elektron xotiraga joylashtirish. Kompyuterlar elektron xotiraga joylashgan ma’lumotlar ustida operatsiyalar bajara oladi.
KO‘CHIRIB O‘TKAZISH - maxsus ma’lumotlarni o‘qib olish jarayoni. Kutubxona tizimlaridagi turli manbalardan mashina o‘qiy oladigan katalog yozuvlarini katalogga ko‘chirib o‘tkazish va uni doimo yangilash.
AXBOROT-KUTUBXONA INFRASTRUKTURASI (AKI) foydalanuvchilarni talablarini bajarishda respublika axborot-kutubxona muassasalarini (AKM) yagona standartlar asosida ma’lumotlarni almashish, tavsiflash, axborotni saqlash, uzatish maqsadida yagona tarmoqqa birlashuvi.
IDENTIFIKATOR (identifier) - leksik birlik, til elementi nomi sifatida foydalaniladi; ma’lumotga beriladigan nom; lotin harflari va raqamlaridan iborat bo‘lib, harfdan boshlanadi.
NASHRIYOT (davlat, jamoat, kooperativ yoki xususiy) tashkilot — adabiyot, san’at, muzika yoki fan sohasida faoliyat yurituvchi va mahsulotlari ko‘paytiruvchi, tarqatishi mumkin bo‘lgan media-kompaniya. Nashr (mahsulot) bosma hamda elektron (raqamli) ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Nashriyot mahsulotini tarqatish savdo kanallari, Internet orqali hamda bevosita noshir tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Tarqatish nashriyotning maqsadlari va biznes modeli asosida pullik va bepul bo‘lishi mumkin.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling