Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


KATALOGLASHTIRISH (catalogization) -


Download 1.96 Mb.
bet103/116
Sana06.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1750219
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   116
Bog'liq
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

KATALOGLASHTIRISH (catalogization) - ma’lumotlarni katalogga kiritish; hisoblash texnikasida fayl haqidagi yoki kutubxona haqidagi axborotni kiritish. Kutubxona katalogini yaratish jarayoni. Odatda integral kutubxona tizimi moduli hisoblanadi.
KONVERTATSIYA (translation) - bir xil tipdagi ma’lumotlarni boshqa tipga o‘tkazish. Bunda quyidagi operatsiyalar nazarda tutiladi: (ma’lumotlarni tahrir qilish, belgilarni o‘chirish, punktuatsiya, belgilar va qatorlar inversiyasiga ishlov berish), ma’lumotlarni shakl o‘zgartirish (formatlarning adres ko‘rsatkichlarini, parametrlarini, metkalarini perekodirovka qilish va o‘zgartirish), ma’lumotlarni qayta tashkil qilish (dekompozitsiya, kompanovka, yangi elementlar hosil qilish), fayllarni qayta tashkil qilish.
KOMPYUTERLASHTIRISH (computerization) - kompyuter mahsulotlari va xizmatlari industriyasining rivojlanish jarayoni va ulardan jamiyatda keng foydalanish. Korxonalar, muassasalar va o‘quv yurtlarini hisoblash texnikasi bilan ta’minlash va aholi umumta’lim darajasini kompyuterlarni qo‘llash orqali yuksaltirish.
KOMMUNIKATIV FORMAT, ALMASHUV FORMATI (exchange format) – turli tashkilotlarning avtomatlashtirilgan tizimlari o‘rtasida ma’lumot almashishni ta’minlaydigan mashina o‘qiy oladigan format (MARC formatlar, UNIMARC, USMARC).
KOMMUNIKATSION ALOQA (communication link) – ikki qurilmaning elektrik va mantiqiy ulanishi. LVSda kommunikatsion aloqa bu jo‘natuvchidan qabul qiluvchigacha bosib o‘tgan yo‘li.
KORPORATIV KUTUBXONA-AXBOROT TARMOG‘I (YOKI TIZIMI) - bu ma’muriy va xo‘jalik yuritish jihatdan mustaqil bo‘lgan bir qator ARMlarning (kutubxonalar, axborot markazlari) ixtiyoriylik asosida tashkil topgan birlashmasi bo‘lib, ular funksional masalalarni, xususan, foydalanuvchilarga kutubxona-axborot xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish va shunga o‘xshash bir qator masalalarni hal qiladilar. Bunda birinchi navbatda, kutubxona-axborot resurslarini yaratish va ulardan birgalikda foydalanish, jumladan, bosma nashrlarni hamda kichik tirajdagi adabiyotlarni korporativ kataloglashtirish masalalari yechiladi. Bunday tipdagi kooperatsiyada korporatsiya a’zolari orasida hech qanday moliyaviy munosabatlar bo‘lmaydi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling