Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


Download 1.96 Mb.
bet38/116
Sana06.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1750219
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   116
Bog'liq
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

Oxford Journals Collection – 1996-yildan boshlab chop etilgan 285 nashrlarni o‘z ichiga olgan ilmiy jurnallar to‘plami bo‘lib, sifatli va foydali ma’lumotlarni taqdim etadi. 1996-yilgacha chop etilgan jurnallar Oxford Journals Archive bazasida mavjud. Beshta mutaxassisliklarga doir jurnallar keng ko‘lamdagi dolzarb tadqiqotlardan erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi.
Mutaxassisliklar:
Gumanitar fanlar – 77 jurnal
Huquq– 49 jurnal
Biologik-tibbiy fanlar – 102 jurnal
Matematika va tabiiy fanlar – 117 jurnal
Ijtimoiy fanlar – 92 jurnal
Oxford Handbooks Online
Oxford Handbooks Online (OHO ) - ijtimoiy va gumanitar fanlar bo‘yicha taqriz qilingan makolalar to‘plamidir. Mazkur to‘plamda 325 dan ortiq ma’lumotnomalar, video va rasmlarga ega bo`lgan 13000 dan ziyod maqolalar mavjud. Maqolalar taqriz qilinib, bosma shakli chiqmasdan oldin onlayn nashr etilishi bois olimlar ma’lum sohadagi eng so‘nggi yutuqlar bilan tez tanishib chiqishlari mumkin.
Mutaxassisliklar:
Biznes va boshqaruv Adabiyot
Moliya va iqtisod Musiqa
Tarix Falsafa
Huquq Politologiya
Tilshunoslik Psixologiya
Oxford Reference
Oxford Reference 24 ta yo‘nalish bo‘yicha 2 milliondan ortiq raqamlangan maqolalardan iborat bo‘lgan Oksford universitetining ma’lumotnoma nashri hisoblanadi. Uning tarkibiga taqriz qilingan maqolalar, mavzuli havolalar (ссылка), iqtiboslar (цитата), inglizcha lug‘atlar, ikki tilli lug‘atlar kabi bo‘limlar kiritilgan.
Oxford Scholarship Online
Oxford Scholarship Online (OSO) – 10000 dan ziyod ilmiy ishlar va 170000 dona rasmlardan erkin foydalanish imkoniyatini beradigan, keng ko‘lamli va doimiy ravishda yangilanadigan kutubxona. Gumanitar, ijtimoiy, tibbiy, huquqiy va tabiiy fanlar bo`yicha 20 ta mavzuli modullardan tarkib topgan. Bu yerda 8900 nafar mualliflarning nashrlari mavjud. Mualliflar ro‘yxati klassiklardan boshlab zamonaviy mualliflargacha farq qilib, Nobel mukofoti sovirindorlarini ham o‘z ichiga olgan.
OSO quyidagi imkoniyatlarni taklif etadi:
- qidiruv natijalarini filtrlash, ya’ni berilgan natijalar shaklini (qisqa va to‘liq) tanlash imkoniyati, ochiq va yopiq tarzdagi natijalarning taqdimoti;
- mutaxassisliklar bo‘yicha qidiruv;
- annotatsiyalarni ko‘rib chiqish;
- onlayn o‘qish va yuklash.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling