1-rasm. Qidiruv vositalari
Oxford University Press foydalanuvchilari uchun yo‘naltirilgan qidiruv vositalari va sohalar bo‘yicha saralash yordamida resurslarni ko‘zdan kechirish va batafsil o‘rganish imkoniyatlari mavjud.
Masalan: Oxford Journals - www.oxfordjournals.org
Oxford Journals butun to`plami bo`yicha «tezkor qidiruv»ni boshlash uchun «maqolalar qidiruvi» tugmasidan foydalanishingiz mumkin.
2-rasm.Qidiruv maydoni.
Yoki sohalar bo‘yicha qidiruvni qo‘llashingiz mumkin.
Kengaytirilgan qidiruv mezonlariga oydinlik kiritish uchun «kengaytirilgan qidiruv» tugmasidan foydalaning.
3-rasm. Kengaytirilgan qidiruv.
Qidiruvni nashr nomi, chop etilgan yili, hajmi, birinchi beti bo‘yicha cheklang. Oxford Journals levu qidiruvi bu mantiqdan foydalanib, ifoda va namuna orqali qidiruvni qo‘llaydi. Qidiruvni bitta yoki ko‘proq jurnal nomlari, yoki tanlangan mutaxassislik bo‘yicha cheklang. D ispley yoki betdagi natijalar sonini sana bo‘yicha tanlash orqali o‘z natijalaringiz shaklini sozlang. Chiqarilgan natijalar sonini va shaklini o‘zgartiring.
3.3.Springer science and business media
Tabiiy-ilmiy va meditsina yo`nalishidagi kitoblar va akademik jurnallarni nashr qilishga ixtisoslashgan xalqaro nashriyotchilik kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniyaning geografik qamrovi nashrlarining dunyo ilmiy hamjamiyatida tutgan o‘rnini ko‘rsatadi: dunyo bo‘yicha 40 dan ortiq ofislar va 8500 dan ortiq xodimlariga ega. 1846-yildan e’tiboran, kompaniya tashkil etilgan vaqtdan boshlab ishonchli tarzda barqaror rivojlanib, universitetlar va ilmiy tashkilotlarning ishonchini qozondi. Har yili quyidagi ixtisoslashgan yo‘nalishlarga oid 2900 jurnal va 200 000 kitoblar nashr qiladi:
|
chiqarishi
Davlat va huquq
Materialshunoslik
Meditsina va sog‘liqni saqlash
Falsafa
Amaliy fanlar (matematika, fizika, biologiya)
Psixologiya
Statistika
Astronomiya
Qishloq xo‘jaligi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |