Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva
Download 1.96 Mb.
|
JAHON-AXBOROTRESURSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biotechnology for Biofuels;
- Journal of Nanobiotechnology;
Chemistry Central - bu ximiya fanlari bo‘yicha Springer Science and Business Media kompaniyasining erkin foydalanish uchun taqdim etiladigan platformasi.
Quyidagi jurnallarni chop etadi: Applied Petrochemical Research;Bioresources and Bioprocessing;Biotechnology for Biofuels;BMC Biotechnology;International Journal of Food Contamination;International Journal of Industrial Chemistry;Journal of Analytical Science and Technology;Journal of Nanobiotechnology;Journal of Nanostructure in Chemistry.3.4.Nature publishing group Nature Publishing Group (NPG) kompaniyasi - tabiiy fanlar, jumladan, biologiya, ximiya, meditsina, biomeditsina, atrof muhit, fizika va materialshunoslik bo‘yicha ilmiy kashfiyotlar va tadqiqotlarni nashr qiluvchi eng yirik nashriyot uylaridan biri. (Buyuk Britaniya). Kompaniya nomi ikkita yirik kompaniyalarning Nature American va Macmillan Publishers Limitedlarning birlashuvidan hosil bo‘lgan. Kompaniya qadimiy tarixga ega. 1869-yilda astrofiziklar Tomas Genri Xaksli va Norman Loker Aleksandr Makmillanni «Umumiy ilmiy jurnal» chop etishga ko‘ndirishdi. Natijada, House of Macmillan nashriyoti Nature deb nomlangan haftalik illustratsiyalangan ilmiy jurnalni chop etdi. 1897-yilda jurnal birinchilardan bo‘lib Djozef Tompson tomonidan elektron kashf etilganligini yozgan. Shu vaqtdan boshlab, eng muhim ilmiy texnik kashfiyotlar haqidagi xabarlar aynan shu jurnalda chop etiladi. Bugungi kunda mazkur nashriyot 120 dan ortiq o‘zining va boshqa hamjamiyatlar bilan hamkorlikdagi ilmiy jurnallarini chop etadi. Eng mashhur jurnallaridan biri bu - Nature jurnali. Yillik yuqori impakt-faktorga ega haftalik xalqaro nashr hisoblanadi. Jurnal barcha davrlarning ilmiy jurnallarining Top-100 taligiga kiradi. Jurnal yuqori retsenziyalangan fan, texnologiyaga asoslangan tadqiqotlarni chop etadi. Jurnal barcha ma’lumot bazalarida indekslanadi. Onlayn arxivi 1869-yildan boshlangan. Jurnalning boshqa xususiyatlaridan biri: Jurnal mazmuni Nature Podcast, Nature Video kabi multimediya vositalari bilan birga olib boriladi. Nature Insights, Nature Specials, Nature Outlookslarga kirish imkoniyatining mavjudligi maqolalarni bir necha yillar davomida mashhurligini pasaytirmaslikka imkon yaratadi. Scientific American - 165 yillik tarixga ega ilmiy jurnallardan biridir. Bu jurnal ham birinchilardan bo‘lib, jahonda fan va texnologiyalarning rivojlanishi, Nobel mukofoti lauriatlari haqidagi ma’lumotlarni chop etadi. Scientific American mind - odam genetikasi haqidagi har oylik jurnal, Scientific American jurnalning ilovasi hisoblanadi. Jurnal: MEDLINE, Scopus, Web of Science, Google Scholar va boshqa tabiiy fanlarga oid ma’lumot bazalarida indeksatsiya qilinadi. 3.5.ProQuest ProQuest kompaniyasi barcha tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar, OTMlar, kutubxonalarga axborot kontenti bo‘yicha fanni rivojlantirishda faoliyat yuritadi. ProQuest ilmiy dissertatsiya va tezislarni chop etishda yetakchi hisoblanadi. ProQuest ma’lumot bazalarida ilmiy bilimlar zamonaviy multimedia kontentida taqdim etilib, ma’lumotlarni qidirish borasida qulay servis, shuningdek yangi platformaning bir qator imkoniyatlari mavjud. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling