Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


Download 1.96 Mb.
bet44/116
Sana06.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1750219
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   116
Bog'liq
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

ProQuest Technology Collection
ProQuest innovatsion platformasida foydalanish mumkin bo‘lgan axborot resursi bo‘lib, beshta kuchli mavzuviy ma’lumot bazasini o‘z ichiga oladi:

  • ProQuest Illustrata Technology

  • ProQuest Advanced Technologies Database with Aerospace

  • ProQuest Materials Research Database with METADEX

  • ProQuest Engineering Research Database

  • ProQuest Computer Science Collection

ProQuest Technology Collection ma’lumotlar bazasi:

  • 3500 dan ziyod to‘liq matnli ilmiy jurnallar 1962-yilgacha bo‘lgan arxivi bilan; 50% dan ziyod mazmuni retsenziyalangan jurnallar.

  • 30 mln.dan ortiq mazkur tematikaning turli aspektlari bo‘yicha ortiq bibliografik va referativ hujjatlar.

  • Ilmiy maqolalardan 10 mln.dan ziyod maksimal aniq tematik qidiruv uchun mo‘ljallangan illustrasiyalar (jadval, grafiklar, fotosuratlar, kartalar va boshqalar)

To‘liq matnli ilmiy jurnallar butun dunyo bo‘yicha texnika fanlari injenerlik ishi bo‘yicha yuqori texnologiyalar, shuningdek, materialshunoslik, kompyuter fanlari, fizika, ximiya, matematika, mashinasozlik, nanotexnologiyalar, elektronika, telekommunikatsiya, aerokosmik tadqiqotlar va boshqa ko‘plab fanlar bo‘yicha axborotlarni o‘z ichiga oladi. Yuqori impakt-faktorli jurnallardan quyidagilarni keltirish mumkin: Aircraft Engineering and Aerospace Technology, American Journal of Mathematics, Computational Optimization and Applications, Chemical Engineering Progress, Microscopy and Microanalysis, Materials Science and Technology, Mechanical Engineering, Mineralogy and Petrology, Powder Metallurgy, Information Management & Computer Security, Continuum Mechanics and Thermodynamics.
Ma’lumotlar bazasida jurnal maqolalari, kitoblar, monografiyalar, tarmoq adabiyotlari, dissertatsiyalar, patentlar, laboratoriya va turli ilmiy tashkilotlarning hisobotlari, konferensiya materiallari (24 axborot manbasi). Bu tadqiqotchilarga, kutubxonachilarga dunyoda texnika fanlariga oid chop etilayotgan materiallarni kuzatib borish, kerakli bo‘lgan axborotlarni o‘tkazib yubormaslik imkonini beradi.
10 mln. imidjlar (jadval, grafik, fotosuratlar, karta va boshqalar ProQuest Illustrata texnologiyalari orqali indekslangan bo‘lib, ular foydalanuvchiga kerakli hujjatlarni an’anaviy qidirish vositalariga qaraganda samarali topishga imkon yaratadi. Resurslarning tavsif predmeti bo‘lib barcha tasvir belgilari qo‘llaniladi: formulalar, spesifik terminlar, raqamli va harfli belgilar. Tasvirlar qidiruvini amalga oshirishda tanlashning keng spektriga ega bo‘lgan qidiruv moduli qo‘llaniladi.
Qidiruvni amalga oshirishda quyidagi kriteriylar qo‘llaniladi: tasvir turi (fotosurat, rasm, karta, jadval, grafik va boshqalar), kartalar-geografik, geologik, fizik, ekologik va boshqalar. Nashrning chop etilish vaqti diapazoni, shuningdek, to‘liq tasvir-opsiyasini berish mumkin.
Ma’lumotlar bazasi joylashgan ProQuest Platformasi rus tilidagi interfeysga ega bo‘lib, aniq relevant natija olishga qaratilgan axborotning katta oqimi bilan ishlay oladigan xizmat ko‘rsatishga ega. Faset navigatsiyasi tizimi yo‘lga qo‘yilgan. RefWork turidagi dasturiy vositalarni integratsiyasi yo‘lga qo‘yilgan. Bildirishlar RSS texnologiyalari asosida faqatgina berilgan mavzu bo‘yicha emas, balki aniq nashr bo‘yicha ham amalga oshiriladi. Ma’lumotlar bazasiga kirish Proxy-server orqali tashkilotlarning IP orqali amalga oshiriladi.



Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling