Milliy konsorsiumlarni shakllantirish bosqichlari
Ochiq jamiyat instituti davlatlarning milliy konsorsiumlarini shakllantirish bo‘yicha yordam ko‘rsatish uchun davomiy kuchlarning qismi sifatida ushbu reja-hujjatni tarqatmoqda. Lokal konsorsiumlarni shakllantirishda bu bosqichlarning har biri muhim hisoblanadi. Ammo har bir bosqich lokal holatlarni hisobga olgan holda o‘zgartirishlarni talab qiladi. Har bir qadamda to‘la muvaffaqiyatga erishish ehtimoldan holi, ammo undagi kichkina siljish muvaffaqiyatli konsorsium yaratishiga olib kelishi mumkin.
A’zolar orasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish
Konsorsium kutubxonachilar orasidagi doimiy munosabatlar orqali rivojlanadi. Bu munosabatlar kasbga oid uchrashuvlar, e-mail, telefon qo‘ng‘iroqlari yoki doimiy pochta aloqalari bo‘lishi mumkin. Avvalombor, yaqindan tanishish va a’zolar orasida bir-biriga ishonchni shakllantirish uchun kasbiy uchrashuvlar juda keraklidir.
Guruhlarni shakllantirishda tabiiy «lider» yo‘lboshlovchini aniqlash (masalan, milliy kutubxona rahbarini) maqsadga muvofiqdir. Kutubxonachilar uchrashib turadigan qandaydir kasbiy assotsiatsiya yoki kutubxonachilar klubi, yoki doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi seminar ko‘rinishidagi anjumanlar mavjud bo‘lishligi ham muhim. Bunda siz imkoniyatlari mavjud bo`lgan a’zolarni aniqlashingiz mumkin bo‘ladi.
Umumiy manfaatlar va tafovutlarni aniqlashtiring
- Konsorsium zarur ekanligiga har bir a’zo o‘z qiziqishlarini his qilgan holda kelishlari kerak. A’zolarning oldilarida turgan vaziyatni his qilishlari konsorsiumning har biri a’zosi uchun muhim bo‘lar edi. Agarda a’zo kutubxonalar ko‘pgina umumiy xususiyatlarga ega bo‘lsa, konsorsium ichki ahillikka ancha oson erishishi mumkin. Ammo ayrim konsorsiumlar turlicha sherikchiliklarga ega.
- Birinchi yig‘ilish kutubxona foydalanuvchilari va kutubxonachilar uchun konsorsiumning zarurligi va samaradorligini tushuntirishga qaratilgan bo‘lishi kerak (konsorsiumning potensial yutuqlarini umumiy tasvirlash uchun 2-ilovaga qaralsin).
- Keyinchalik paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olish maqsadida a’zolar imkoniyatlari orasidagi farqlar oldindan aniqlangan va muhokama qilingan bo‘lishi kerak. Vazifalari bir xil bo‘lgan kutubxonalar ham (masalan, akademik yoki boshqa ilmiy-texnika kutubxonalari) har xil imkoniyatlarga va xarakteristikalarga ega bo‘lishi mumkin.
- Yon berish g‘ururi zarur. Bir tomondan konsorsiumning barcha a’zolari konsorsiumdan samara olishlarini bilishlari va his etishlari kerak. Boshqa tomonidan esa, bu ma’lum vaqt, sabr-bardosh talab qiladi. Oxir-oqibat, hech qanday kutubxona juda katta yuk olib borilayotganini his qilmasligi, ularning hech birining xohishi e’tiborsiz qolmasligi kerak. Har bir guruhning ichida e’tirozlar bo‘lishi ehtimoldan holi emas, ammo bu e’tirozlarni avval boshdan ochiqchasiga muhokama qilish orqali kamaytirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |