Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva
Axborot-kutubxona infratuzilmalari modellarining qiyosiy funksional tahlili
Download 1.96 Mb.
|
JAHON-AXBOROTRESURSLARI
Axborot-kutubxona infratuzilmalari modellarining qiyosiy funksional tahlili
Modellarning qiyosiy funksional tahlili 1-jadval.
Markaziy boshqaruv quyidagi bir qator afzalliklarga ega: har bir AKMda ma’lumot bazalari administratori talab etilmaydi; boshqaruv (administrator) kadrlarini tayyorlash qimmat jarayon hisoblanadi. Har doim ham tayyorlangan mutaxassis AKMda qolmasligi mumkin. Beshta mutaxassis mingtacha AKMlari ma’lumot bazalarini boshqarishi mumkin. Holbuki, bu yuqori darajadagi mutaxassislarning sifatli boshqaruvi hisoblanadi. Albatta, besh-oltita administratorni tayyorlash, malakasini oshirish, barcha viloyat hamda tumanlardagi administratorlarni tayyorlash va malakasini oshirishdan arzonga tushadi. Avtomatlashtirilgan va elektron-kutubxonalarni tashkil etish – bu juda qimmat va ko‘p mehnat talab etiladigan jarayondir. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi va hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, axborot-kutubxona muassasalari yakka holda o‘zlarining elektron resurslarini tashkil etar ekanlar ular ulkan resurslarni yo‘qotadilar, aksariyat hollarda ish xodimlarning darajalari pastligi tufayli, yozuvlarning takrorlanishi kabi xatoliklar asosida tashkil etiladi. Quyida mijoz-server va Cloud Computing texnologiyalari va Library 2.0 konsepsiyasi asosida tashkil etilgan O‘zbekistonning oliy o‘quv yurtlari korporativ tarmog‘ini tashkil etish borasidagi tadqiqot va ishlanmalarning natijalari keltirilgan. Tizimning texnologik asosi ARMAT-1.13 dasturiy kompleksi va «Elektron ta’lim» Davlat dasturining telekommunikatsiya tarmog‘i hisoblanadi. Dasturiy kompleks yuksak texnologik yechimlarni qo‘llagan holda tarmoqni samaradorligini amalga oshirdi. Library 2.0 va Cloud Computing konsepsiyalarida keltirilgan tamoyillar o‘xshash bo‘lib, axborot-kutubxona muhitida quyidagi talablarga keltiriladi: shaxsga qaratilganligi; integratsiyalangan axborot resurslari, shuningdek, shaxsiy resurslarini shakllantirishda foydalanuvchi faolligini oshirish; foydalanuvchining virtual shaxsiy kabinetini shakllantirish; hamkorlikdagi forumlar tashkil etish va o‘tkazish – «kitobxon-kutubxonachi» yoki yanada kengroq - «kitobxon-kutubxonachi-axborot resurslarni shakllantiruvchi»; elektron katalog imkoniyatlarini kengaytirish, to‘liq matnli elektron resurslardan jamoaviy foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish; axborot xizmatlarini olishda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish usul va vositalarini rivojlantirish; korporativ tarmoqda texnologik va axborot resurslaridan maksimal darajada iqtisodiy foydalanish. Cloud Computing texnologiyasidan axborot-kutubxona tarmoqlarida foydalanish tarmoq boshqaruvini amalga oshirish, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda sezilarli darajada samaradorlikni oshiradi. OO‘Yu korporativ kutubxona tarmog‘ining axborot muhiti bosh serverda shakllantiriladi. (2-jadval ). Korporativ kutubxona tarmog‘ining axborot muhiti 2-jadval
Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling