Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


Download 1.96 Mb.
bet94/116
Sana06.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1750219
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   116
Bog'liq
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

Xalqaro tahririyat tuzilishi. Tahrir hayati a’zolari haqidagi ma’lumot jurnal vebsaytida aks etishi lozim. Tahrir hayati a’zolarining ko‘pchilik qismi bir ilmiy tashkilot yoki o‘quv muassasasidan bo‘lmasligi kerak. Bu kriteriy eng muhim va murakkab hisoblanadi. Aksariyat nashriyotlar ilmiy jurnallarga taqrizchi sifatida mashhur olimlarni jalb etmaydilar. Bu asosan ularning mehnatlariga, maqolalarni tahlil qilgani uchun yetakchi taqrizchilarga haq to‘lash xarajatlari bilan bog‘liq. OTMlarga xorijlik taqrizchilar uchun budjetdan mablag‘ ajratish masalalarini ko‘rib chiqishlari lozim.
3.Tahrir hayati xalqaro etik normalarga amal qilishi lozim. Mualliflar va taqrizchilar bilan o‘zaro munosabat jurnalning vebsaytida aks etishi lozim. Jurnalning kitobxonlar, mualliflar, taqrizchilar uchun ochiqligi nashrning nufuzini oshiradi, bu esa o‘z navbatida, nufuzli olimlarni jurnalda o‘z ilmiy ishlarini chop ettirish ko‘lami ortishiga sabab bo‘ladi.
4.Barcha chop etiladigan materiallar ilmiy taqrizdan (peer review) o‘tkazilishi lozim. Minimum ikkita shu soha bo‘yicha mutaxassis, ishlarning mualliflari bilan qiziqishlar to‘qnashuvi bo‘lmagan, taqrizchilarni jalb etish tavsiya etiladi. Taqrizchilar xulosasi asosida tahririyat taqdim etilgan materiallarni chop etish yoki rad etish qarorini qabul qiladi. Taqrizlash tartibi, muddatlar hamda nashrlarni qayta ishlashga ketadigan muddatlari mualliflar uchun qoidalarda va jurnal vebsaytida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
5.Tahririyat maqolalarni sifatiga alohida e’tibor qaratib, turli mamlakatlar, muassasalar mutaxassislarini maqolalar chop etishga taklif qilish lozim. Mualliflar geografiyasining kengligi jurnalning muvaffaqiyatli ekanini xarakterlashda va baholashda muhim o‘rin tutib, uning xalqaro ma’lumotlar bazasida indekslashga tanlanishida alohida baholanadi.
1.Jurnal vebsaytga ega bo‘lishi kerak. Unda jurnalning tematikasi, davriyligi, tahririyat a’zolari, mualliflar uchun qoidalar, mualliflarning chop etilgan yoki chop etilgan materialning qismidan keyingi foydalanish borasidagi huquqiy aspektlar aks etishi lozim. Shuningdek, vebsaytda bog‘lanish uchun ma’lumotlar, jurnal chop etiladigan nashriyot yoki tashkilotning yuridik manzillari ko‘rsatilishi lozim.
2.Vebsaytda jurnalning sonlari arxivi bo‘lishi, o‘z vaqtida jurnalning eng so‘nggi chop etilgan sonlarini qo‘shish lozim. Nashr arxivi yillar bo‘yicha, tomlari va sonlari bo‘yicha joylashtirilishi tavsiya etiladi. PDF yoki HTML formatda maqolalarning to‘liq matnini ko‘rish imkoniyati bo‘lishi lozim. To‘liq matndan foydalanish ochiq (open access) hamda yopiq (pullik) bo‘lishi mumkin.
3.Har bir maqola uchun ingliz tilida to‘liq bibliografik axborot bo‘lishi, jumladan, maqola nomi, mualliflar ro‘yxati, ish joyi, to‘liq annotatsiya va kalit so‘zlar bo‘lishi lozim. Shuningdek, maqoladagi adabiyotlar ro‘yxatining lotindagi transkripsiyasi agar manba ingliz tilida bo‘lmasa, tarjima o‘rniga transliteratsiya qo‘llaniladi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling