Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


Web of Science Core Collection ga jurnalni kiritish uchun qanday murojat qilish kerak?


Download 1.96 Mb.
bet96/116
Sana06.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1750219
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   116
Bog'liq
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

Web of Science Core Collection ga jurnalni kiritish uchun qanday murojat qilish kerak?
1.Yuqorida keltirilgan talablar asosida jurnalning elektron shaklini shakllantirish.
2.Jurnalni Emerging Sources Citation Index (ESCI) ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun murojat yuborish, jurnalning ingliz tilidagi versiyasi hamda elektron shaklini Clarivate Analytics ofisiga yuborish lozim. Web of Science Core Collection talablariga nashrning mosligi ko‘rib chiqiladi.
3.Jurnalning yuqorida keltirilgan talablarga mosligi aniqlangach, jurnalda havolalar hamda maqolalarning iqtibosligining o‘sib borish sharti bilan jurnal ESCIdan Web of Science Core Collection ma’lumotlar bazasiga qo‘shiladi va impakt-faktorga ega bo‘ladi.
Ariza topshirish shartlari haqidagi batafsil ma’lumot «jurnallarni tanlash mezonlari»da http://wokinfo.com/essays/journal-selection-process/ ingliz versiyasini qo‘yidagi havola orqali ko‘rish mumkin.


Tahliliy ma’lumot bazalariga kirish O‘zbekiston uchun nima beradi?
1.Tadqiqotchilarga eng ko‘p murojaat etiladigan dunyo ilmiy hamjamiyatida talab qilinadigan sifatli ishlarni tanlab olishga yordam beradi;
2.Davlat ilmiy va ilmiy-texnik dasturlarida tadqiqotlarni rivojlantirish strategiyasini aniqlashda Jahon ilmiy yutuqlariga muvofiq navigatsiya qilishga xizmat qiladi;
3.OAK va ixtisoslik kengashlariga ilmiy darajalar olish uchun chop etilishi lozim bo‘lgan yuqori reytingli ilmiy jurnallar ro‘yxatini shakllantirishga yordam beradi;
4.Ilmiy tadqiqotlarni samaradorligi, milliy va xalqaro natijalar monitoringi bo‘yicha tizimni tuzishga xizmat qiladi;
5.Ilmiy tadqiqot tashkilotlari va universitetlar, ilmiy jurnallar, respublikadagi olimlarning ish samaradorligini obyektiv baholashga imkon beradi;
6.Yuqori reytingli ilmiy jurnallarda ilmiy ishlar chop etilishini rag‘batlantiradi.
7.Tadqiqotchiga «bajarilgan ishlar»ni tahlil qilishga, o‘zining sohasidagi perspektiv fan yo‘nalishlari, ishlanmalari haqida ma’lumot olishga imkon beradi;
8.O‘z yo‘nalishiga mos tadqiqotlar bo‘yicha eng nufuzli xorijlik hamkorlar, tadqiqotlarga homiy tashkilotlarni topishga yordam beradi.



Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling