Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


Download 1.96 Mb.
bet102/116
Sana06.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1750219
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   116
Bog'liq
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

INTRANET (intranet) - Internet tarmog‘i mahsulotlari va texnologiyalaridan foydalanuvchi va korporativ axborot resurslariga o‘z foydalanuvchilarining kirishini ta’minlovchi taqsimlangan (ведемоственный) hisoblash tarmog‘i.
AXBOROT RESURSI - axborot materialini matn, ovozli yoki tasvir xolidagi ko‘rinishlarining yig‘indisi.
AXBOROT-KUTUBXONA RESURSI — moddiy ob’yektda matn, ovozli yozuv yoki tasvir tarzida qayd etilgan hamda identifikatsiyalash, saqlash va foydalanishni ta’minlash uchun rekvizitlarga ega bo‘lgan axborot. Bu yerda «identifikatsiyalash uchun rekvizitlar» tushunchasi muhim o‘rin tutadi, chunki mazkur ko‘rsatkichlar asosida hujjatni (identifikatsiyalash) topish mumkin. Rekvizitlar qat’iy qoidalar va kutubxonachilik standartlari asosida qo‘yiladi. Bu an’anaviy hamda elektron, virtual kutubxonalardagi ma’lumotlar qidiruv jarayonini formallashtirishda muhim jihatdir.
ILMIY-TA’LIMIY AXBOROT RESURSLARI – litsenziyalangan hamda taqrizdan o‘tgan ilmiy-ta’limiy axborotlar (jurnallar, maqola, kitoblar, multimedia va boshqalar) axborot resurslardir. Ilmiy-ta’limiy axborot resurslari muhim qiymatga ega bo‘lgan intellektual manbadir. Odatda har bir hujjat ma’lumotlar bazasi, jurnallar, tegishli to‘plamlarga kiritilishidan avval yetakchi olimlar, mutaxassislar tomonidan saralashdan o‘tadi. Bu hujjatlar tizimlashtiriladi, kataloglashtiriladi va ilmiy-ta’limiy axborotlarning ma’lumot bazalariga joylashtiriladi. Asosiy foydalanuvchilari ilmiy xodimlar, o‘qituvchilar, magistr va talabalardir.
KATALOG - kutubxona fondidagi barcha hujjatlar ro‘yxati. Avtomatlashtirilgan tizimda bibliografik ma’lumotlar bazasini tashkil qiladi.
KONSORSIUM – bu muayyan maqsadalrni amalga oshirish uchun tashkilotlarni birlashishidir.
KUTUBXONALAR KONSORSIUMI – bu kutubxona assotsiatsiyalari va axborot markazlari axborot resurslarini, jumladan, elektron resurslarni birgalikda xarid qilish va ulardan foydalanish, Internet navigatsiyalar, ma’lumotlar bazasidan foydalanishni o‘rgatish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni amalga oshirish uchun birlashuvidir.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling