Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


KONTENT-MENEDJER (KONTENT-OPERATOR)


Download 1.96 Mb.
bet104/116
Sana06.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1750219
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   116
Bog'liq
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

KONTENT-MENEDJER (KONTENT-OPERATOR) – kiruvchi axborotni tahrirlashni tashkil etadigan, hamda axborot to‘ldirilishini kuzatuvchi mutaxassis bo‘lib, savollarga javob beradi, foydalanuvchilarga maslahatlar beradi. Malaka – dasturlash tillarini bilishi, ma’lumotlar bazasi tuzilishini bilish talab etildi.
KORREKTOR - butun matnli materiallarni tekshiruvchi mutaxassis, bunga grafik ob’yektlar izohi, tugmalar, baner ham kiradi. Talab etilayotgan malaka: bozor xususiyatini bilish, Internetdagi axborot-qidiruv tilini bilish, Internetda reklama tashuvchilar qoidasini bilish talab etiladi.
QAYTA YOZILMAYDIGAN KOMPAKT DISK (CD-ROM COMPACT DISK READ ONLI MEMORY) - matnli, grafik, tovushli va turli axborotlarni saqlashga mo‘ljallangan optik disk. U taqsimlanayotgan dasturiy ta’minot, ma’lumotnoma materiallari, bibliografik ma’lumotlar bazasini saqlash vositasi hisoblanadi.
LOKAL HISOBLASH TARMOG‘I (LOCAL AREANETWORK) - uzatish kanallari (optik tolali kabel va boshqalar) orqali o‘zaro bog‘langan kompyuterlar majmui, kompyuter orqali boshqariladigan qurilmalar, bir yoki bir necha ob’yekt (binolar) doirasidagi axborot resurslaridan birgalikda foydalanish maqsadida birlashtiriladi.
LITSENZIYA – shartnoma huquqi bilan boshqariladigan ma’lum bir faoliyat olib borishga formal huquq beradigan ruxsatnomadir. Litsenziya – elektron mahsulotlar: kompyuter dasturlari, kompyuter o‘yinlari, onlayn filmlar, musiqiy asarlar, ma’lumot bazalaridan foydalanish huquqini berishni boshqarishda qo‘llaniladi. Bu shuni anglatadiki, kutubxonaga kelgan ko‘pgina elektron materiallar litsenziya shartnomalari bilan boshqariladi.
MENYU (MENU) - bir yoki bir necha tugmachasi bosish orqali, variantlardan birini tanlash imkonini beruvchi ro‘yxat tasviri.
MASHINA O‘QIY OLADIGAN KATALOG (MARC) - bibliografik ma’lumotlarni almashtirishning xalqaro formati, bibliografik ma’lumotlarni markirovka qilish sxemasi. Uning bir qator milliy variantlari bor. Masalan, USMARC (AQSH kongress kutubxonasida ishlatiladi), UKMARC (Buyuk Britaniya kutubxonasida ishlatiladi) va boshqalar. UNIMARC boshqa MARC formatlar bilan mos holda ishlay oladigan universal format hisoblanadi. Multimedia - tizimning matnlar, grafiklar, tasvir va tovushli ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyati.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling