Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


TEZAURUS - axborot qidiruvini samarali olib borish uchun turli darajadagi tushunchalar orasida aloqa bog‘lovchi tizimlashtirilgan lug‘at. SHARTNOMA


Download 1.96 Mb.
bet107/116
Sana06.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1750219
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   116
Bog'liq
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

TEZAURUS - axborot qidiruvini samarali olib borish uchun turli darajadagi tushunchalar orasida aloqa bog‘lovchi tizimlashtirilgan lug‘at.
SHARTNOMA – ikki taraflama bajarilish va amal qilish muddatlari borasidagi kelishuv asosidagi xususiy, yuridik majburiy bitim.
SHLYUZ (GATEWAY) -turli ikki tarmoqni birlashtiruvchi qurilma. Shlyuz o‘z protsessoriga va xotirasiga ega, u kanallar sig‘imini, protokolni o‘zgartira oladi.
SHTRIXLI KODLASHTIRISH (BARCODE) - alfavit-raqamli va raqamli ma’lumotlarni turli qalinlikdagi vertikal chiziqlar vositasida kodlashtirish. Maxsus qurilma yordamida o‘qiladi, aniqlanadi va kompyuter yordamida ishlov beriladi. Shtrixli kodlash kutubxonalarda berilayotgan adabiyotlarni hisobga olishda ishlatiladi.
FTP (FILE TRANSFER PROTOCOL) - (fayllarni uzatuvchi protokol) ixtiyoriy faylni uzeldagi mashinaga ko‘chirib o‘tkazuvchi ish quroli. Modem orqali fayldan nusxa olib o‘z kompyuteringizga yozib qo‘yishingiz mumkin.
ISBN (INTERNATIONAL STANDARD BOOK NUMBER) - kitob nashrlarining xalqaro standarti.
ISSN (INTERNATIONAL STANDARD SERIAL NUMBER) - davriy nashrlar xalqaro standart nomeri
OPAC (ONLINE PUBLIC ACCESS CATALOG) - jamoatchilik tomonidan foydalaniladigan tezkor katalog. Elektron kutubxona katalogidagi qidiruv tizimi.
ON-LINE - real vaqt rejimida kirish (hozir va shu yerda).
UMUMIY LITSENZIYA – individual muhokamalarsiz oldindan kelishilgan shartlar asosida ko‘p sondagi asarlardan foydalanishga ruxsat beradi. Mualliflik huquqi ma’nosida bunday litsenziya bir guruhga kiruvchi asarlar uchun beriladi. Shu yo‘l bilan bir qancha asarlardan foydalanish ruxsatini olish soddalashadi, chunki bir guruhga kiruvchi barcha asarlar uchun bitta kelishuv imzolanadi. Odatda minglab, hattoki millionlab himoyalangan asarlardan foydalanishni jamoaviy boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan bunday litsenziya beriladi.
URL (Uniform Resouree locator) - bu WWW dagi adres, resursni ko‘rsatuvchi birlik ko‘rsatkich Internet orqali kirish mumkin bo‘lgan fayl yoki resurs nomi. O‘z ichiga protokol nomi, uzel nomi va faylgacha bo‘lgan yo‘lni oladi. Http, ftp, gopher, wais – tipik protokollar hisoblanadi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling