Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


Download 1.96 Mb.
bet106/116
Sana06.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1750219
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   116
Bog'liq
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

PLAGIAT (plagiarism) – o‘zga muallif asarini atayin havolalarsiz, muallifga iqtiboslikni ko‘rsatmasdan shaxsiy asar sifatida ko‘rsatishga urinish. Plagiat – bu nusxa ko‘chirishning bir turi bo‘lib, mualliflik huquqini buzilishi hisoblanadi. O‘z faoliyatida (ilmiy maqola, kitob, hisobot, ma’ruzalarni yozishda) axborot resurslaridan foydalanish jarayonida mualliflik huquqlariga qat’iy rioya qilish lozim. Hujjatni yaratishda foydalanilgan manbalarga albatta havolalar keltirish lozim. Plagiarizmni tushunish yangi axborot resurslarini, ayniqsa ilmiy-axborot resurslarini yaratishda muhim hisoblanadi. Mualliflik huquqlari har bir mamlakatda mualliflik va turdosh huquqlari to‘risidagi tegishli qonunlar bilan muhofaza qilinadi.
AXBOROT ALMASHINUVI (Data communications) – axborotni alfavit-raqamli simvollardan iborat bo‘lgan elektrik impulslar ko‘rinishida yetkazib berishni, aks ettiradi. Ma’lumotlarni uzatish audio va video signallarini uzatishdan farq qiladi.
PROVAYDER (provider) – tarmoq, axborot, Internet, elektron pochta xizmatlari ta’minotchisi.
PROTOKOL TSR/IP – Internet tarmog‘ida kompyuter tomonidan foydalaniladigan protokol. TCP (Transmission Control Protocol) – uzatishlarni nazorat qilish protokoli – protsessorlar orasidagi aloqani ta’minlashga javobgar. IP (Internet Protocol) – Internet protokoli – kompyuterlar orasidagi aloqalarni ta’minlashga javobgar.
PROTOKOL Z39.50 – ma’lumotlarni uzatishda yuqori darajada ishlaydigan 7 pog‘onalik model va turli xil dasturlar ishlash, foydalanuvchilarga ma’lumotlar bazasidan to‘liq qidirish imkonini beradigan protokol.
INTERNET PROMOUTERI – Internet loyiha marketingi bilan shug‘ullanadigan mutaxassis, reklama tadbirlari tashkiloti, axborot mahsulotlari bozorini o‘rganish, katalog resurslari va qidiruv tizimlari loyihalarida saytni ro‘yxatdan o‘tkazish, baner almashish tarmog‘ida qatnashish va h.k.
XIZMATCHI FAYL PROTSESSORI (FILE SERVER) - tarmoqdagi boshqa kompyuterlarga xizmat ko‘rsatuvchi, katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash qobiliyatiga ega kompyuter.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling