HTML (HYPER TEXT MARKUP LANGUAGE) - tarmoqni skanerlash dasturi (browser) orqali kirib, gipertekst yozish tili; axborotlarni tarmoqda gipertekstli sahifa ko‘rinishida joylashtirishda foydalaniladi
HTML-koder (HTML-verstalshik) - stil va grafik bezash xususiyatlarini HTML-kod ko‘rinishida hisobga olgan holda loyiha umumiy konsepsiyasini amalga oshiruvchi mutaxassis. Talab qilinayotgan malaka; HTML, DHTML va CSS tilini mukammal bilish, WEB-saytni testdan o‘tkaza olish, monitordagi ranglarni tanlay olish, barcha aktiv elementlar (gipersilki, knopkalar, banerlar va boshqalar) faoliyatini nazorat qila olish.
WWW (Word Wide Web) – butun jahon tarmog‘i, Internet qism bo‘limi, gipermatnli aloqaga asoslangan, Internet bilan aloqa bo‘lganda qidiruvga osonlik bilan kirishuvchi tarmoq.
Web-programmist – Web-sayt uchun qo‘yilgan masalaga mos, maxsus dastur tuzuvchi mutaxassis. Talab qilinadigan malaka: Java, C/S Q Q, MuSQH, Rerl, RNR, ASP, SST, HTML va boshqa tillarni bilish. Web-site-Web tarmog‘i axborot uzeli, ma’lum bir mavzu bo‘yicha axborot beradi, biror-bir shaxs yoki tashkilot tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Web-site – (boshqa variantlari: veb-sayt, veb sayt, website, web site yoki shunchaki sayt; ingl. web — «to‘r» va site — «joy») deb kompyuter tarmog‘idagi bir elektron manzilda joylashgan elektron hujjatlar majmuyiga aytiladi. Elektron manzil domen yoki IP shaklida bo‘ladi. Veb saytni veb sahifadan farqlash lozim: veb sahifa veb saytdagi sahifalardan biri.
2-ilova
«JAHON AXBOROT RESURSLARI» FANIDAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI
1-laboratoriya ishi
MAVZU: MASHHUR ELEKTRON ILMIY-TA’LIMIY RESURSLAR VEB-SAYTLARINING TAHLILI
Laboratoriya ishining maqsadi: yetakchi mamlakatlardagi elektron ilmiy-ta’limiy resurslarni ta’minlovchi mashhur ilmiy va axborot markazlari veb-saytlarini tahlil qilish.
Laboratoriya ishini tashkil qilish vositalari: shaxsiy kompyuter, Internet.
Do'stlaringiz bilan baham: |