Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva
Download 1.96 Mb.
|
JAHON-AXBOROTRESURSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.JAHON ILMIY-TA’LIMIY MANBALARI HAQIDA SHARHLAR Muhim ilmiy-ta’limiy axborot manbalarining qisqacha tahlili
Nazorat savollari:
Litsenzion kelishuv nima? Elektron nashrlarga oid mualliflik huquqini himoyalash nima? O‘zbekistonda mualliflik huquqi qanday himoyalanadi? Xalqaro intellektual mulk tashkiloti(WIPO) funksiyasiga nimalar kiradi? Adabiy va badiiy asarlarni himoyalash bo‘yicha Bern Konvensiyasi nimaga xizmat qiladi va u qachon qabul qilingan? Xalqaro savdo tashkilotiga a’zo mamlakat qanday foyda oladi? Hujjatlardan nus’ha olishda axborot kutubxona muassasalariga qanday cheklanishlar mavjud? Hujjatlardan nusxa olishda axborot kutubxona muassasalariga qanday huquqiy cheklanishlar qo‘yiladi? Hujjatlardan nusxa olishda maqsad va foydalanish shartlari bo‘yicha axborot kutubxona muassasalariga qanday cheklanish qo‘yiladi? Hujjatlardan nusxa olishda axborot kutubxona muassasalariga qanday miqdoriy cheklovlar qo‘yiladi? O‘zbekiston axborot-kutubxona muassasalarida elektron nashrlardan foydalanishning qanday huquqiy xususiyatlari mavjud? Litsenzion kelishuv o‘z ichiga nimalarni oladi? Asarni elektron nashriga bo‘lgan huquqni olishda kim tomonidan litsenzion kelishuv tuziladi? Litsenzion kelishuv shartnoma punktlariga amal qilmaslik qanday oqibatga olib keladi? 3.JAHON ILMIY-TA’LIMIY MANBALARI HAQIDA SHARHLAR Muhim ilmiy-ta’limiy axborot manbalarining qisqacha tahlili Respublikaning ilg‘or axborot infratuzilmasini yaratishda jahon axborot jamiyatiga qimmatli ilmiy-ta’limiy resurlarni taqdim etish sohasiga teng huquqli sherik sifatida kirishi tashqi axborot aloqalarini o‘rnatish muhimdir. Buning uchun elektron resurslarning yetakchi ishlab chiqaruvchilari tajribalarini, ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish, ma’lumot bazalarini tashkil etish formalarini, ulardan axborot-kutubxona muassasalarida onlayn foydalanishga sharoit yaratish muhim. Ilmiy-ta’limiy muhitda axborotning ingliz tilidagi manbalari boshqalariga nisbatan ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu tabiiy, chunki ingliz tili xalqaro muloqot tili hisoblanib, barcha ilmiy va texnik erishuvlar markazida bo‘lish, ulardan xabardor bo‘lish uchun bu tilni to‘liq darajada egallash muhimdir. Ayniqsa, bu axborot texnologiyalari rivojlanishi xalqaro axborot almashinuvi chegaralarini buzgan davrda muhim hisoblanadi. Quyida elektron ilmiy-ta’limiy resurslar analitik ma’lumot bazalariga ega ba’zi mashhur nashriyotlar, agregatorlar haqida ma’lumot keltiramiz. Shuningdek, O‘zbekistonning vazirliklari, oliy ta’lim muassasalari, yetakchi axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlik qiluvchi jahonning yetakchi nashriyotlari va agregatlariga ta’riflar keltiriladi. Ulardan ba’zilari bilan ochiq yoki imtiyozli foydalanish borasida kelishuvlar mavjud. Shuningdek, respublikamizda mintaqada ular resurslariga ega bo‘lishni ta’minlovchi hamkorlar mavjud. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling