Cambridge Scientific Abstracts
www.csa.com
CSA kompaniyasining ma’lumot bazalari – foydalanuvchilarga ma’lumot - bibliografik xizmat ko‘rsatuvchi qimmatbaho resurs hisoblanadi. Xalqaro kutubxona abonementi va hujjatlarni elektron yetkazib berish tizimida to‘liq matnli ma’lumot bazalariga havolalarning mavjudligi, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda nafaqat referativ bibliografik, balki to‘liq matnli axborot bilan ham ta’minlaydi.
Ma’lumot bazalari keng qamrovli bo‘lib: texnika; qishloq xo‘jaligi; Yer haqidagi fanlar; meditsina; biologiya; ijtimoiy fanlar; gumanitar fanlar, san’at va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
CSA o‘zida 70 ga yaqin ma’lumot bazalari keng qamrovli referativ-bibliografikdir. Shuningdek, Sage Publications kompaniyasining kommunikatsiyalar, kriminalistika, siyosat va xalqaro munosabatlar, sotsiologiyaga oid 4 ta to‘liq matnli maqolalarning ma’lumot bazalari to‘plangan. Web-resurslarning ma’lumot bazalari Internetdagi ilmiy resurslarning 240 000 tavsifini o‘z ichiga oladi.
Elsevier
http://www.elsevierscience.ru/about/worldwide/
Elsevier – ilmiy-texnik, meditsina adabiyotlarining dunyodagi eng yirik noshirlaridan biri bo‘lib, fan va ta’limdagi axborot yechimlarining provayderi hisoblanadi. 1880-yili Amsterdamda (Niderland) tashkil etilgan bo‘lib, Buyuk Britaniya, AQSH, Braziliya va boshqa mamlakatlarda filiallarga ega.
Bugungi kunda «Elsevier» ilmiy-axborot nashriyotchilik industriyasida o‘zining muhim o‘rniga ega. Ilmiy jurnallar, kitoblar, referativ va boshqa bazalardagi materiallarni chop etish borasida boy tajribaga ega bo‘lib, nashriyotda doimo ilmiy va meditsina tadqiqotlarining barcha jabhalarini qo‘llab-quvvatlash borasida doimiy izlanishlar olib boriladi.
Elsevier Books
ScienceDirect
http://www.sciencedirect.com/
Elsevier nashriyotining ScienceDirect platformasida 6000 elektron kitoblar (books), Book series (davomli nashr seriyasi;-Handbooks paketlari (ma’lumotnomalar);-alohida Reference Works (справочно-энциклопедические издания);-e-books (asosan monografiyalar) to‘planadi. 1995-2006, 2007-2007, 2008 va 2009-yillarning e-bookslari, xronologik davrlarning predmet kolleksiyalarini yig‘ish, alohida nashrlarni ham yig‘ishni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |