Project MUSE
http://muse.jhu.edu/
Project Muse platformasidagi ilmiy elektron jurnallarning «Basic Research Collection» kolleksiyasi 200 ga yaqin ijtimoiy va gumanitar fanlarga oid to‘liq matnli nashrlarni o‘z ichiga oladi. Xususan, «Enterprise & Society», «Social Politics», «The Journal of Higher Education», «American Journal of Mathematics», «Postmodern Culture», «Theory & Event» va boshqa jurnallar taqdim etiladi. Arxiv 2001-yildan boshlangan.
Questel Patent
http://www.questel.com/en/Prodsandservices/QPAT.htm
QPAT dunyodagi yetakchi patentli ma’lumot bazalari hisoblanadi. USPTO, WIPO, EPO kabi dunyoning 75 dan ortiq patent idoralari tomonidan taqdim etilgan patentlarni to‘liq matnlari va umumlashtiruvchi annotatsiyalari, FamPat va PlusPat resurslaridan foydalanishga imkon yaratish.
REAXYS
http://www.reaxys.com
REAXYS – bu ximiklar uchun yangi axborot resursi bo‘lib, qulay Web-interfeysda organik, neorganik ximiya sohasidagi resurslar ximiya bo‘yicha patentlar bilan ishlashga imkon yaratadi. Shu jumladan, Belshtein, Gmelin va Patent Chemistry Database ma’lumot bazalari. Turli xil ximik komponentlar, bibliografik ma’lumotlar, ximik reaksiyalar bo‘yicha qidiruvni (shu jumladan Belshtein, Gmelin va Patent Chemistry Database ma’lumot bazalari) amalga oshirish imkonini beradi.
Sage
http://www.sagepub.com/
Sage nashriyoti fan, texnologiya va meditsina bo‘yicha jahon ilmiy hamjamiyatining yuqori bahosini olgan to‘liq matnli kolleksiyalarni o‘z ichiga olgan. «Materials Science» kolleksiyasiga kirgan 15 ta jurnaldan 12 tasi referatsiyalanadigan jurnallar hisoblanadi. Mazkur kolleksiyalarga obuna bo‘lish ilmiy kutubxonalar, fanning turli sohalarida ilmiy ishlanmalar bilan shug‘ullanuvchi universitet kutubxonalar uchun foydalidir.
Sage Full-Text Collections da meditsina va sog‘liqni saqlashga oid jurnal materiallari taqdim etiladi: «Materials Science Collection» «Nursing & Health Science Collection». «Materials Science Collection» 15 ta jurnalni o‘z ichiga olgan bo‘lib, 5800 maqoladan iboratdir. «Nursing & Health Science Collection» 7500 maqoladan iborat 26 ta jurnalni o‘z ichiga oladi.
Asosiy mavzuviy rubrikalar: psixologiya, HRM, biznes etikasi, ekologik menejment, liderlik, tashkiliy ta’lim, mehnat iqtisodi, kichik biznes boshqaruvi, xalqaro menejment, elektron kommersiya, notijorat tashkilotlar menejmenti, xizmatlar sohasi menejmenti, marketing va boshqalar. Ochiq foydalanish uchun jurnallarning va referatlarning mundarijalari keltirilgan. Jurnallarda Free Sample Issue imkoni mavjud. Ro‘yxatdan o‘tgach, alohida jurnallarning alohida sonlaridan tezkor bepul foydajanish imkoni beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |