Muhammad Al-Xorazmiy
Download 310 Kb.
|
4 J 714 18 Xabilov I
4G texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog’liq muammolar. 4G texnologiyalarining shiddatli rivojlanishiga qaramasdan, ekspertlar ularni ishga tushirishda bir qancha to‟siqlar bo‟lishini ta‟kidlashmoqda.
Birinchidan, ko‟plab operatorlar uchun yangi chastotalar spektrini lisenziyalash kerak bo‟ladi, chunki 3G texnologiyalarida signalni uzatish va qabul qilish uchun 5MGs polosalar yetarli bo‟lsa, LTE va WiMAX texnologiyalaridagi tezlik afzalliklariga erishish uchun kamida ikki marta keng polosalar talab qilinadi. Ikkinchidan, shu narsa ko‟zda tutilmoqdaki, to‟rtinchi avlod tarmoqlarini ishga tushirishda kapital xarajatlar 2G tarmoqlaridagi, yoki hatto 3G tarmoqlaridagi xarajatlarga nisabatan ancha katta bo‟ladi. Bu hol asosan shunday tushuntiriladiki, hozirgi kunda foydalanilayotgan tranzit (magistral) kanallar cheklangan o‟tkazish qobilyatiga ega (1,5–2 Mbit/s), ya‟ni qo‟shimcha bu kanallarni modernizasiyalash ham talab qilinadi. Bundan tashqari, bozorda haligacha 4G abonent qurilmalarining yetarli taklifi yo‟q. Bu terminallar juda katta energiya iste‟mol qiladigan bo‟ladi va zamonaviy akkumulyatorlarda uzoq ishlay olmaydi (hozir shunday muammolar, hatto 3G terminallarida ham mavjud). Ya‟ni yangi sifatli akkumlyatorlar yaratilishi kerak bo‟ladi. Shuningdek Internetga tezkor ulanish va har xil videoxizmatlar hozirgi terminallardagiga nisbatan o‟lcham bo‟yicha katta va sifatliroq displeylarni talab qiladi. Bundan tashqari, mutaxassislar 4G xizmatlari yaqin yillarda abonentlar orasida ommaviy bo‟lishga ishonmay turibdilar. Misol uchun hattoki Yevropada, hozirda 3G birinchi tarmoqlari ishga tushirilganiga 5-6 yildan oshgan bo‟lsa ham, bu xizmatlar o‟z imkoniyatlarining yarim darajasida ishlatilmoqda. (Tahlilchilar buni uchinchi avlod aloqa xizmatlariga o‟rnatilgan oshirilgan tariflar bilan bog‟lashmoqda). Demak, 4G ning muvaffaqiyatida muhim rolni operatorlarning narx siyosati o‟ynaydi. Haqiqatan ham, foydalanuvchilarning hammasi ham yuqori tezlikdagi Internetga mobil ulanish va shu bilan bog‟liq xizmatlardan manfaatdor emas - ko‟pchilikka oddiy tovushli aloqa kerak xolos. Shu bois, bir necha ekspertlar taxmin qilganidek, 3G muammolarini hisobga olgan xolda, to‟rtinchi avlod texnologiyalarini telekommunikasiya xizmatlari bozoriga ta‟siri, faqat 2015- 2020 yillarga kelib ahamiyatli bo‟ladi, deyish o‟rinlidir. Binobarin, ba‟zi bir operatorlar uchinchi avlod tarmoqlarini joriy etishdan umuman voz kechmoqchi emaslar. Ba‟zi bir ishlab chiqaruvchilar esa turli sharoitlarda foydalanuvchining o‟zi tanlay oladigan ulanish usuli imkoniyatini beradigan 4G doirasidagi mobil va simsiz keng polosali tarmoqlarning “chatishmasini” yaratishni taklif qilmoqdalar. Download 310 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling