Muhammad Al-Xorazmiy


Mobil aloqaning 4G avlodini tashkil etadigan texnologiyalar


Download 310 Kb.
bet8/11
Sana08.01.2022
Hajmi310 Kb.
#247078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4 J 714 18 Xabilov I

Mobil aloqaning 4G avlodini tashkil etadigan texnologiyalar


Mobil tizimlarining to‟rtinchi avlodi, eng avval, ma‟lumot uzatishning yuqori tezligi va nutqli aloqaning oshirilgan sifati bilan ifodalanadi. Yuqorida ta‟kidlanganidek, mobil va keng polosali aloqa tizimlarining to‟rtinchi avlodi 100Mbit/sdan ortiq tezlikda ma‟lumot uzatish imkonini beradigan texnologiyalar kiradi. Bugungi kunda nazariy jihatdan ma‟lumotlarni uzatish tezligi 1Gbit/sgacha bo‟lgan KSU tizimlaridan Wi-Fi (IEEE 802.11n standarti) va WiMAX (IEEE 802.16m standarti), shuningdek, mobil aloqa texnologiyasi - LTE (aniqrog‟i uning takomillashtirilgan varianti LTE-Advanced) bu imkoniyatlarga qodirdirlar. Wi-Fi va WiMAX KSUtexnologiyalari ko‟plab o‟xshashliklarga egaligi sababli, mazkur qo‟llanmada biz Wi-Fi texnologiyasining faqat qisqa bayoni bilan chegaralanamiz va LTE hamda WiMAX texnologiyalarini tahliliga asosiy e‟tiborni qaratamiz.

LTE texnologiyasi. 3GPP Long Term Evolution (3GPP LTE ) - (ingl. “3GPPni uzoq muddatli rivojlanish loyihasi”) - bu ma‟lumot uzatish tezligi bo‟yicha bo‟lajak talablarni qondirish uchun UMTS standartini takomillashtirish loyihasining to‟liq nomidir [18]. Ushbu takomillashtirishlar, masalan, tizimning samaradorligini oshirish, javob kechikishini qisqartirish, ko‟rsatilayotgan xizmatlarning turini kengaytirish, shuningdek, mavjud mobil aloqa texnologiyalari bilan integrasiyalanishini yaxshilash bo‟lishi mumkin.

3GPP LTE standartida ma‟lumot uzatish tezligi nazariy jihatdan pasayuvchi liniyada (ingl. Download) 326,4 Mbit/sgacha ko‟tariluvchi liniyada esa (ingl. Upload) 172,8 Mbit/sgacha еtishi mumkin (3GPPning 8 relizi uchun)3. Shuningdek, LTE tizimida javobni kechikish vaqtini (ya‟ni so‟rovni jo‟natish va javobni olish orasidagi vaqt) qisqartirishga erishildi. LTE tizimida polosaning ishchi kengligi o‟zgaruvchan bo‟lib u 1,25MGs dan 20MGs gacha bo‟lishi mumkin (bunda tarmoq 450MGs dan 2,6GGs gacha bo‟lgan keng chastotalar diapazonida ishlay oladi).


Download 310 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling