Muhammad al-xozazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti akt sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti


Davlat iqtisodiyotida qurilish sohasidagi qonun-qoidalari


Download 90.27 Kb.
bet6/10
Sana25.10.2023
Hajmi90.27 Kb.
#1721466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Madina

2.3. Davlat iqtisodiyotida qurilish sohasidagi qonun-qoidalari
QURILISHDA NARXLARNI SHAKLLANTIRISHNI TAHLIL QILISH BOSHQARMASI

  1. Boshqarma boshlig‘i vakant lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Muhandis-quruvchi, muhandis-menejment va xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohalarida oliy maʼlumotga ega boʻlish;

  2. Umumiy 15 yil, sohada (kamida 10 yil) ish tajribasiga ega boʻlish;

  3. Qurilish-pudrat sohasida, buyurtmachilik sohasida va qurilishda loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizasidan oʻtkazishda ish tajribasiga va yetarli bilimlarga ega boʻlish, kreativ, tanqidiy, strategik va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega boʻlish;

  4. Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati;

  5. Qurilishni moliyalashtirish yoʻnalishida (kamida 1 yil) ish tajribasiga ega boʻlish;

  6. Buyurtmachi xizmati sohasida (kamida 3 yil) ish tajribasiga ega boʻlish;

  7. Qurilish sohasida, birlamchi ruxsat beruvchi, loyihaoldi va loyiha hujjatlarini tayyorlash boʻyicha (kamida 3 yil) ish tajribasiga ega boʻlish;

  8. Oʻzbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan IELTS sertifikatiga ega boʻlgan (kamida 6,0 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi.

Vazifalar:

  1. Umumiy iqtisodiy bilimlar;

  2. Qurilish-pudrat tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish, qurilish-montaj ishlariga zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

  3. Zamonaviy talablarga mos keladigan qurilish-pudrat tashkilotlarini tashkil etish va xorijiy davlatlarda qurilish-pudrat ishlari bozoriga ushbu mahalliy qurilish-pudrat tashkilotlarini ishtirok etishiga koʻmaklashish;

  4. Investitsiya dasturiga taklif qilinayotgan loyihalarning qurilish narxlari toʻgʻri shakllantirilganligini tahlil qilish;

  5. Qurilish-pudrat tashkilotlarining yagona maʼlumotlar bazasini tashkil etish boʻyicha dastur ishlab chiqilishini hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan integratsiyalashishini tashkil etish.

  6. Qurilishda narxlarning shakllantirilishini tahlil qilish, bozor, birjani oʻrganish, qurilish materiallarning narxlarini oʻsish dinamikasini tayyorlash;

  7. Qurilishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarining ish hajmlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar hamda qurilishning ikkinchi va keyingi yillarida shartnomaviy joriy narxlarda qurilish shartnomaviy qiymatini aniqlashtirish;

  8. Boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish;

  9. Sohadagi yangiliklarga intilish, tashabbus koʻrsatib borish.


  10. Download 90.27 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling