Muhammad ali as-sobuniyning "tibyan" asari
SO„NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Xoliqov Muhammad Yusuf
SO„NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI
respublika ilmiy-uslubiy jurnali 170 Biroq, bu erda biz quyidagilarni ta'kidlashimiz kerak. Asarning tarjimasi birinchi marta 1996-yilda nashr etilgan. Ushbu bebaho asar nir nechta jumladan, turk,ingliz, tillariga ham tarjima qilingan. Muallif o‟zi ushbu asar haqida shunday deydiki: men ushbu At- tibyan fi ulumil qur‟an asarida ba‟zi bir yangiliklarni keltirdim va ularni darslik sifatida o‟rganish asnosida o‟nta bobga ajratib keltirdim. Ular quyidagilar: 1. ulumul qur‟on tarifi, qur‟oni karim fazilatlari bayoni, hamda uni yodlash va unga doir odoblar haqida batafsil ma‟lumot berish. 2. Sabab nuzulni bilishlik, qur‟oni karim oyatlarini tushunishda sababi nuzulni bilishlik foidalari va shunga mislollar. 3. Qur‟oni karimni bo‟lib- bo‟lib nozil bo‟lishdagi hikmat, hamda undan avval nozil bo‟lgan samoviy kitoblardan umumiy farqli jihatlari. 4. Nubuvvat davrida qur‟oni karimning jamlanishi, Abu bakr Siddiq (R.A) zamonida bir necha mus‟haflarga jamlanishi, so‟ngra esa Usmon (R.A) davriga kelib yagona mus‟hafga jamlanishi. 5. Qur‟oni karimda nasx masalasi, nasxning ma‟nosi, hukmlar nasx bo‟lishidagi shar‟iy hikmatlar. 6. Tafsirlar va mufassirlar, tafsir ilmini rivoyat va diroyat turlariga bo‟linishi (unga tegishli bo‟lgan ilmni o‟rganish) va Alloh taoloning kitobini tafsir qiluvchi mufassir uchun qo‟yilgan shartlar. 7. Ishoriy tafsirlar haqida, hamda ulomolarning unga munosabatlari, ishoriy tafsirlar va botiniy tafsirlar shuningdek, g‟aroibut tafsirlar o‟rtasidagi farqlar. 8. Qur‟oni karimni rivoyat, diroyat, ishora yo‟li bilan tafsir qilingam kitoblarning eng mashxurlari. Tafsir kitoblaridagi xususiyatlar ta‟rifi. 9. Qur‟oni karimni tarjima qilish borasidagi bahslar, uning tarjima qilishdagi mumkin bo‟lgan chegaralari va mumkin bo‟lmagan o‟rinlari, tarjima qilishlikka qo‟yilgan shartlar haqida. 10. Qur‟oni karimni yetti harfda nozil bo‟lishligi, mutavotir yetti qiroat, shuningdek, sahobiy va tobeinlardan bo‟lgan mashxur qorilar haqida. Xulosa o‟rnida shuni aytishimiz mumkinki olimning ushbu asari ko‟plab mavzularni o‟z ichiga qamrab olganligi shuningdek, uning tili yengiligi tushuntirish uchun olib borilgan ilmiy me‟todlar rangba rangligi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga ushbu asar buguni kunda dunyoning ko‟plab oliy islom nilim yurtlarida o‟qitib kelinayotganligini o‟ziyoq asarning nechog‟lik qiymatga ega ekanligidan dalolat beradi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling