Muhammad Ali hukmronligi davrida Misr va Suriya


Muhammad Alidan keyingi davrda Misr


Download 185.61 Kb.
bet4/4
Sana03.02.2023
Hajmi185.61 Kb.
#1153638
1   2   3   4
Bog'liq
Muhammad Ali hukmronligi davrida Misr va Suriya

Muhammad Alidan keyingi davrda Misr

Muhammad Alidan keyingi davrda Misr

Muhammad Ali 1841 yilda ya’ni 72 yosharligida rasman podsho maqomida qolgan holda davlat ishlaridan yiroqlashdi (1849 yilda vafot etdi). Muhammad Ali o’rnida uning o’g’li Ibrohim (1848 yilga qadar), keyin esa nevarasi Abbos (1854 yilgacha) hukmronlik qildilar. Ammo har ikkalasining ham Muhammad Ali boshlagan ishlarni davom ettirishga urinishlari muvaffaqiyatsiz bo’lib chiqdi. Ulardan keyin hukmdorlik qilgan Muhammad Alining jiyani Said poshsho (1854—1863) va Muhammad Alining nevarasi, 1867 yilda «hadiv» martabasini (forschadan tarjima qilganda «janob», «hukmdor» ma’nosini anglatadi) (1863—1879 yillarda hukmdor) endilikda asosan g’arb davlatlari, birinchi galda Angliya va Fransiya tomonidan zo’rlab tiqishtirilgan siyosatni olib borishga majbur bo’lib qolgan edilar.


O’z-o’zidan ravshanki, ana shu siyosat doirasida ular mamlakat uchun ko’plab foydali ishlarni amalga oshirishga muyassar bo’lishdi, ammo bunda g’arb manfaatlarini inobatga olish va hech qaysi holda ularga qarshi bormaslik talab etilar edi.
Muhammad Ali al-Albaniy hukmronligi Misr, binobarin, butun Arab sharqi yangi tarixida butun boshli bir davrni yuzaga keltirdi.

Xulosa

Xulosa

Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak Muhammad Ali hukmronligi va boshqaruvi ostidagi Misr mamlakatini zamondoshlari Usmonli imperiyasining «yashab qolishga qodir» birdan-bir qismi, «tantanavor chalmasi» emas, uning «haqiqiy boshi» deb hisoblashar edi. Muhammad Ali Misr hayotidagi bilvositachilik va reaksion o’rta asrchilikni yo’q qilib tashladi, mustahkam qurolli kuchlar va davlat apparati tuzdi, dunyoviy ta’lim tizimini tashkil qildi, milliy sanoat va matbuotga asos soldi. Ammo amalda u ham o’zi tomonidan mustahkamlangan davlat boshqaruvining feodal-krepostnoylik xarakterini saqlab qoldi, atigi eski zodagonlarni yangi zodagonlar bilan almashtirdi, barcha islohotlar uchun zamin bo’lgan oddiy misrliklarning asosiy qismini ham, o’zi tomonidan bosib olingan viloyatlar, eng avvalo Sudan va Krit xalqlarini ham, qolaversa Suriya xalqini ham shafqatsizlarcha ekspluatasiya qildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  • O’quv qo’llanma Q.Z.
  • Internet saytlari
  • O’zbekiston milliy ensiklopediyasi
  • Maktab darsliklari 9-10 (Jahon tarixi)

Download 185.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling