Muhammad Ali hukmronligi davrida Misr va Suriya

Download 185.61 Kb.
bet2/4
Sana03.02.2023
Hajmi185.61 Kb.
#1153638
1   2   3   4
Bog'liq
Muhammad Ali hukmronligi davrida Misr va Suriya

Hokimiyat tepasiga kelganidan keyin Muhammad Ali vaqtida usmonlilardan ham, mamluklardan ham, unga dov tikishga — stavka qilishga urinib ko’rgan inglizlardan ham vaqtida yiroqlashib haddini belgilashga erisha oldi. 1807 yildagi ingliz-usmonli urushi davomida Iskandariya shahridan ingliz desantini tumtaraqay qochib qolishga majbur qilgan Muhammad Ali milliy qahramon shon-shuhratiga loyiq bo’ldi. Uning 1804—1807 yillardagi mamluklarga qarshi harbiy kurashi 1808 yilda ijtimoiy-iqtisodiy kurashga aylanib ketdi, u soliqlarni to’lashdan bo’yin tovlagan multazimlar xos mulki — imeniyalarini tortib olib qo’ydi, keyinchalik esa (1812 —1814 yillarda) mamluklardan butun bor yerlarini tortib oldi va iltizom tizimining o’zini ham tugatib tashladi.

1809 yilda al-Azhar shayxlari dodini berdi (ular Muhammad Aliga hokimiyat tepasigakelishida yordam bergan edi), 1811 yilda esa o’ziga sodiq albanlar qo’li bilan mamluklarning deyarli barcha zodagon va a’yonlarini qirib tashladi. Shu tariqa, mavjud hamma yerlar davlat tasarrufiga o’tib ketdi. Biroq, 1829 yildan boshlab davlat yerlarini ommaviy tarzda o’z qarindoshlariga, yaqinlariga, shuningdek, amaldorlarga va uning a’yonlarini tarkib toptiruvchi alban, kurd, cherkas va turk otryadlari komandirlariga tarqata boshladi.
Shu asnoda eski mamluk zodagonlari o’rnini Muhammad Ali asos solgan sulola tayanchlarini tarkib toptiruvchi yangi feodallar egalladi.

Download 185.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling