Muhammad ibn ismoil al-buxoriy


Download 20.99 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi20.99 Kb.
#1436465
Bog'liq
309. Mirvohidova Z.


MUHAMMAD IBN ISMOIL AL-BUXORIY
810-yilda Buxoroda tug‘ilib, 870-yilda Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida vafot etgan va ,,Hadis ilmida musulmonlarning yetakchisi‘‘ degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan, hayoti va ijodi alohida e’tiborga molik buyuk olim, muhaddis, ya’ni hadisshunos mutafakkirdir. Aql-idroki, o‘tkir zehni va ma’rifatga havasi kuchli bo‘lib, turli ilm-fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini zo‘r qiziqish bilan egallagan. O‘n yoshida Qur’oni Karimni yod olgan, olimlarning hadis to‘plamlarini mutolaa qilish va kishilardan eshitish asnosida hadislarni yodlagan, ustozi Shayx Dohiliy bilan hadis rivoyatchilari haqidagi qizg‘in bahslarda qatnashgan.
825-yili o‘n olti yashar al-Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Haj safariga yo‘l oladi, muqaddas shaharlar Makka va Madinada o‘n olti yil yashaydi, o‘sha davr ilmiy markazlari: Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bog‘dodda umr kechirib, fiqh fani bo‘yicha ham ta’lim oladi, ham dars beradi. Zamondoshlaridan birining yozishicha, o‘z ilmini oshirish maqsadida, al-Buxoriy to‘qson olimdan ta’lim oladi, o‘z navbatida, ko‘pgina shogirdlarga ustozlik qiladi. Imom al-Buxoriy xulq-atvori, odamoxunligi, muruvvatpeshaligi, himmati va saxovati bilan ajralib turgan, zehni o‘tkirligi va yodlash qobiliyatining kuchliligi bilan ham xalq orasida g‘oyat mashhur bo‘lgan. Manbalarda al-Buxoriyning 300 mingga yaqin hadisni yod bilgani qayd etilgan.
Imom al-Buxoriy xorijdan qaytgach, ona yurti Buxoroda ko‘plab shogirdlar va ulamolarga hadis ilmidan saboq berish bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Hasadgo‘ylarning xatti-harakati sababli Buxoro amiri bilan munosabatlari buzilib qoladi hamda Samarqandga yo‘l olib, shahar yaqinida joylashgan Xartang qishlog‘ida o‘z shogirdlari davrasida bir oz yashaydi, og‘ir kasalga chalinadi va vafot etadi.

  1. Imom Buxoriy qanday usullar bilan hadislarni yodlagan?

  1. olimlarning hadis to‘plamlarini mutolaa qilish orqali

B) kishilardan eshitish asnosida
D) dars berish orqali
E) A va B javoblar to‘g‘ri
2. Muhaddis so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) g‘azal biluvchi, g‘azal aytuvchi B) ilm oluvchi, tolib
D) ilm beruvchi, ustoz E) hadisshunos olim
3. Quyidagi xislatlardan qay biri Buxoriyga tegishli emas?
A) muruvvatpesha B) talabchan D) himmatli E) saxovatli
4-7: Quyidagi berilgan hukmlarga munosabat bildiring.
Jumla matndagi ma’lumotlarga mos kelsa – TO‘G‘RI
Jumla matndagi ma’lumotlarga qarama-qarshi kelsa – NOTO‘G‘RI
4. 810-yilda Samarqandda tug‘ilib, 870-yilda Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida vafot etgan.
5. Ustozi Shayx Dohiliy bilan hadis rivoyatchilari haqidagi qizg‘in bahslarda qatnashgan.
6. Imom al-Buxoriy xorijdan qaytgach, ona yurti Samarqandda ko‘plab shogirdlar va ulamolarga hadis ilmidan saboq berish bilan mashg‘ul bo‘ladi.
7. Manbalarda al-Buxoriyning 300 mingga yaqin hadisni yod bilgani qayd etilgan.
8-11: Quyidagi berilgan so‘zlardan foydalanib bo‘sh o‘rinlarni to‘ldiring.
810-yilda Buxoroda tug‘ilib, 870-yilda 8_________ yaqinidagi Xartang qishlog‘ida vafot etgan va ,,Hadis ilmida musulmonlarning yetakchisi‘‘ degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan, hayoti va ijodi alohida e’tiborga molik buyuk olim, muhaddis, ya’ni 9____________ mutafakkirdir. Aql-idroki, o‘tkir zehni va ma’rifatga havasi kuchli bo‘lib, turli ilm-fanlarni, ayniqsa,10 _________ ilmini zo‘r qiziqish bilan egallagan. O‘n yoshida Qur’oni Karimni yod olgan, olimlarning hadis to‘plamlarini mutolaa qilish va kishilardan eshitish asnosida hadislarni yodlagan, 11________ Shayx Dohiliy bilan hadis rivoyatchilari haqidagi qizg‘in bahslarda qatnashgan.

  1. Samarqand D) hadisshunos E) hadis F) ustozi G) Buxoro H) katta

12. Imom Buxoriy yashagan davrda qaysi shaharlar ilm-fan markazi bo‘lgan?
1) Damashq; 2) Qohira; 3) Basra; 4) Kufa; 5) Bog‘dod.
A) 1, 3, 5. B) 2, 3, 4, 5. D) 1, 2, 3, 4. E) 1, 2, 3, 4, 5

Tuzuvchi: 309-guruh talabasi Mirvohidova Zebo

Download 20.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling